Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUga Gruziya Ta’lim, fan va yoshlar vaziri o’rinbosari Baia Kvitsiani xonim tashrif buyurdi

29.10.2026, 12:45 Yangiliklar 88

2026-yil 29-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Gruziya Ta’lim, fan va yoshlar vazir o‘rinbosari Baia Kvitsiani xonim hamda ushbu vazirlik bo‘lim boshlig‘i Mariam Keburia xonimlar tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida oliy martabali mehmonlar dastlab universitet muzeyi bilan yaqindan tanishdilar. Muzey eksponatlari orqali oliygohning boy tarixi va madaniy merosi haqida ma’lumot berildi. Shundan so‘ng, mehmonlarga universitetdagi mavjud ta’lim yo‘nalishlari, talabalarga yaratilgan sharoitlar hamda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari batafsil tanishtirildi.

Muzokaralarni TDSHU rektori, professor Soadat Nasirova olib bordi, ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish borasida qator muhim masalalar muhokama qilindi. Xususan,
Universitet qoshida Gruzin madaniyat markazini tashkil etish;
Gruziya oliy ta’lim muassasalari hamda TDShU o’rtasidagi universitetlararo keng qamrovli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun hamkorlikda onlayn seminar hamda vebinarlar tashkil etishga kelishib olindi. Uchrashuv Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi doirasida, samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi. Ushbu tashrif ikki mamlakat universitetlari o‘rtasidagi ta’lim va madaniy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.