Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDŞU va Xitoyning Liaoning pedagogika universiteti örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

09.11.2026, 17:20 Yangiliklar 45

Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti (TDŞU) hamda Xitoy Xalq Respublikasining Liaoning pedagogika universiteti örtasida xalqaro ta’lim va ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan memorandum imzolandi.

Mazkur kelişuv ikki universitet örtasida talabalar almaşinuvini yölga qöyiş, pedagogik tajriba almaşiş, xalqaro xitoy tili ta’limini rivojlantiriş hamda ta’lim jarayoniga innovatsion yondaşuvlarni tatbiq etişni nazarda tutadi.

Memorandumga muvofiq, TDŞU bazasida Liaoning pedagogika universiteti Xitoy tili va adabiyoti fakultetining xorijiy amaliyot va stajirovka bazasi taşkil etiladi. Uşbu bazaning faoliyati TDŞUning Xitoyşunoslik oliy maktabi hamda Liaoning pedagogika universitetining Xitoy tili va adabiyoti fakulteti tomonidan hamkorlikda amalga oşiriladi.

Hamkorlik doirasida Liaoning pedagogika universitetining xalqaro xitoy tili ta’limi va turdoş yönalişlarda tahsil olayotgan bakalavriat hamda magistratura talabalari Özbekistonda pedagogik amaliyot ötaş imkoniyatiga ega böladi. Amaliyot muddati har bir guruh uçun kamida 12 haftani taşkil etadi.

Stajirovka jarayonida talabalar:
– xitoy tili darslarini kuzatiş;
– auditoriyalarda sinov maşğulotlarini ötkaziş;
– dars jarayonida öqituvçilarga kömaklaşiş;
– uy vazifalarini tekşiriş va talabalar bilan qöşimça maşğulotlar olib boriş;
– xitoy tili va madaniyatiga oid ma’rifiy tadbirlarni taşkil etiş;
– ta’limiy va madaniy tajriba almaşiş imkoniyatiga ega böladilar.

Şuningdek, memorandum doirasida ikki tomon örtasida professor-öqituvçilar hamkorligini kengaytiriş, malakali mutaxassislarni jalb etiş, amaliyot jarayonini birgalikda taşkil qiliş va talabalar faoliyatini baholaş mexanizmlarini yölga qöyiş közda tutilgan.

Tomonlar amaliyotçi talabalarni taşkiliy qöllab-quvvatlaş, ularning xavfsizligini ta’minlaş, öquv-uslubiy resurslardan foydalaniş hamda muntazam axborot almaşiş böyiça hamkorlik majburiyatlarini ham belgilab oldilar.