Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

ToshDSHIga Afyon Kokatepe universiteti Zamonaviy turk dialektikasi va adabiyoti kafedrasi mudiri Ahmet Karaman tashrifi

26.10.2019, 15:12 Yangiliklar 1431

26-oktabr kuni ToshDSHIga Turkiya Respublikasi Afyon Kokatepe universiteti Zamonaviy turk dialektikasi va adabiyoti kafedrasi mudiri Ahmet Karaman tashrif buyurdi. Uchrashuvda Sharq filologiyasi fakulteti dekani Q.Omonov, Turkiy tillar kafedrasi mudiri P.Kenjayeva va kafedra professori Mustafa Karazeybek, Mumtoz filologiya kafedrasi professori Q.Sodiqov va Xalqaro hamkorlik bo’limi metodisti U.Isroilov ishtirok etdilar. Suhbat davomida mehmon Afyon Kokatepe universiteti Zamonaviy turk dialektikasi va adabiyoti kafedrasining faoliyati, shu jumladan, mavjud o’zbek-uyg’ur, qozoq-qirg’iz, turkman-ozarbayjon, kavkaz tillari yo’nalishlarida kafedra tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Shu o’rinda, ToshDSHI dekani Q.Omonov institut, xususan, Sharq filologiyasi fakulteti faoliyati, turkologiya sohasining rivojlanishi va Turkiy tillar kafedrasida amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida batafsil ma’lumot berdi.

Kelgusida ToshDSHI va Afyon Kokatepe universitetlari o’rtasida tegishli ta’lim yo’nalishi va mutaxassisliklari bo’yicha hamkorlik aloqalarini o’rnatish masalalari keng muhokama qilindi.