Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Jamiyatda ziyolilarning ijtimoiy faolligini oshirishda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotning o‘rni” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

02.10.2026, 14:19 Yangiliklar 84

Uchrashuvda jamiyat ma’naviy hayotini yuksaltirish, ziyolilarning ijtimoiy faolligini oshirish hamda yoshlar ongida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir davomida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati, ayniqsa, yosh avlodni bilimli, faol va mas’uliyatli etib tarbiyalashdagi o‘rni haqida fikr almashildi.

Shuningdek, ziyolilarning jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarda faol ishtirok etishi, o‘z bilim va tajribasini yoshlar bilan baham ko‘rishi muhim ekani ta’kidlandi.

Muloqot davomida bugungi axborot makonida yuz berayotgan jarayonlarga ham to‘xtalib, yoshlarning turli axborotlarni tanqidiy tahlil qilish, ishonchli manbalarni ajrata bilish va voqealarga xolis munosabatda bo‘lish ko‘nikmalarini rivojlantirish zarurligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mavzu yuzasidan fikr va takliflarini bildirdilar.

Uchrashuv TDSHU jamoasi uchun ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi dolzarb masalalarni muhokama qilish hamda o‘zaro fikr almashish uchun muhim muloqot maydoni bo‘ldi.