Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida navbatdagi 2-sonli Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

24.09.2026, 16:46 Yangiliklar 81

Joriy yilning 24-sentabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Kengashning navbatdagi 2-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni universitet rektori olib bordi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Huquqi qarorlari, shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’at qarorlari va buyruqlarining ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi. Ushbu masala yuzasidan F.Zakirjanovaning hisoboti tinglanib, tegishli vazifalar belgilab berildi.

Shundan so‘ng, kun tartibiga muvofiq, “Global transformatsiyalar sharoitida O‘zbekiston tashqi siyosati” mavzusida sharqshunoslik sohalari bo‘yicha dolzarb ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlardagi muhim masalalarga bag‘ishlangan ilmiy ma’ruza tinglandi (ma’ruzachi — A.YUldashev).

Yig‘ilishda shuningdek, mamlakatimizda keng nishonlanadigan “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayramiga tayyorgarlik ko‘rish hamda 1-kurs talabalari uchun “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirini yuqori saviyada tashkil etish masalasi muhokama qilindi (ma’ruzachi — Q.Omonov). Shu bilan birga, Sharq mamlakatlari rivojlanishini tadqiq etish ilmiy-tahlil markazining hisoboti ko‘rib chiqildi (ma’ruzachi — A.Mamajonov).

An’anaga ko‘ra, Kengash majlisida “Turli masalalar” blokiga ham keng o‘rin berildi:

2026/2027-o‘quv yilida qabul qilingan magistrantlar uchun magistratura dissertatsiyalari mavzulari hamda bakalavriat bitiruvchi kurs talabalari uchun bitiruv malakaviy ishlar bazasini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi (ma’ruzachilar — Sh.Saidov, S.Umarova);

Universitetda ilmiy faoliyat bo‘yicha 2026-yil III chorak yakunlari natijalariga ko‘ra yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan professor-o‘qituvchilarni moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi masala ma’qullandi (ma’ruzachi — D.Sayfullayev);

Ilmiy-o‘quv adabiyotlarini nashrga tavsiya etish masalalari kelishib olindi (ma’ruzachi — S.Azizxonova).

Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ul rahbarlarga aniq vazifalar yuklandi.