Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Teach for Uzbekistan” tashkiloti bilan hamkorlikda “Ta’lim orqali yetakchilik sari!” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

15.10.2026, 14:07 Yangiliklar 82

Uchrashuvda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Saodat Nasirova boshchiligidagi universitet rahbariyati, “Teach for Uzbekistan” tashkiloti direktori Diyora Mamadalieva va tashkilot mutasaddilari, shuningdek, universitetning bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etdi.

Tadbir davomida “Teach for Uzbekistan” tashkilotining asosiy maqsad va vazifalari, ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan faoliyati, shuningdek, bitiruvchi kurs talabalari uchun mavjud imkoniyatlar, ularning bandligini ta’minlash, kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish hamda ta’lim sohasida faoliyat boshlash istiqbollari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuvning muhim natijalaridan biri Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va “Teach for Uzbekistan” tashkiloti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanganligi bo‘ldi. Mazkur memorandum ta’lim sifatini oshirish, yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, bitiruvchilarning kasbiy rivojlanishi uchun imkoniyatlarni kengaytirish hamda tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ushbu hamkorlik universitet bitiruvchilarining mehnat bozorida munosib o‘rin egallashi, o‘z bilim va salohiyatini amaliyotda namoyon etishi hamda ta’lim sohasidagi islohotlarda faol ishtirok etishi uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.