Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi

10.07.2026, 09:47 Yangiliklar 86

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitlarida ilgari surilgan oliy ta’lim sohasidagi tashabbuslar ijrosi, mamlakatimizning TURKUNIBdagi raisligi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda Orxun almashinuv dasturi doirasida kelgusi vazifalarni muhokama qilish maqsadida joriy yilning 9-iyul kuni Tashqi ishlar vazirligida vazir o‘rinbosari M. Azimov raisligida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rahbariyati ham ishtirok etdi. Xususan, universitet rektori G. Rixsiyeva Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda Urxun almashinuv dasturi yuzasidan bir qator amaliy taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.