Xalqaro konferensiya doirasida TDSHU va Malayziyaning nufuzli UTM universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
2026-yil 5-may kuni O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazida “Islom sivilizatsiyasida ilmiy an’ana: manbalar, imkoniyatlar va dolzarb masalalar” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli anjumanda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti delegatsiyasi ham ishtirok etdi.



Konferensiya avvalida O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi.



Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamenti boshlig‘i doktor Muzaffar Kamilov, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori doktor Firdavs Abduxoliqov, Malayziya qirolichasi Oliy Hazratlari Malika Roja Zarit Sofiya xonim, Malayziya oliy ta’lim vaziri Datuk Seri Diradja Zambriy Abdul Qodir, O‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri professor Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Turkiyaning Ibn Xaldun universiteti professori doktor Alparslan Achikgench ma’ruzalari tinglandi.


Konferensiya yakunida Malayziyaning UTM universiteti hamda TDSHU o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
