Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xitoylik volontyorlardan biri TDSHUda o‘z faoliyatini yakunladi

22.12.2021, 16:31 Yangiliklar 1339

TDSHU “Xitoy filologiyasi” kafedrasida volontyorlik faoliyati yakunlanishi munosabati bilan, Xitoy tili o‘qituvchisi Syu Yangveyga dekanat va Xitoy filologiyasi kafedrasi nomidan sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Syu Yangvey TDSHUda o‘z mehnat faoliyatini 2019-yildan boshlab ushbu kafedrada olib borgan. Mongoliya, Peru, Kambodja kabi mamlakatlarda Xitoy tilini chet tili sifatida o‘qitish tajribasi uning keyingi faoliyatiga ta’sir ko‘rsatdi va u TDSHUda mas’uliyatli, professional o‘qituvchi sifatida o‘zini namoyon qildi. Talabalar Syu Yangvey darslarida katta qiziqish bilan ishtirok etishdi. Xitoylik volontyor universitet tomonidan tashkil etilgan ta’lim va madaniy tadbirlarda ham faol qatnashdi.

Syu Yangveyga minnatdorchilik bildiramiz va keyingi faoliyatida ijodiy yutuqlarni tilaymiz.

22

TDSHU Matbuot xizmati