Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Yangi o‘quv yili muborak, aziz sharqshunoslar!

07.09.2026, 08:55 Yangiliklar 231

2026-yil 7-sentyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan 1-bosqich talabalarini kutib olishga bag‘ishlangan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostidagi tantanali tadbir yuqori kayfiyatda bo‘lib o‘tdi!

Universitet rektori, professor Gulchehra Rixsiyeva nomidan universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori Qudratulla Omonov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni yangi o‘quv yili va qutlug‘ ayyom bilan tabrikladi hamda Hurmatli Prezidentimizning ustoz va murabbiylarga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

Shuningdek, Sotsiologiya fanlari doktori, professor Mansur Bekmurodov talaba yoshlarga o‘zining dildan chiqqan maslahat va ezgu tilaklarini bildirdi. Talabalarga Yoshlarga o‘z bilim va tajribasini ulashuvchi universitet prorektorlari hamda institut dekanlari tantanali ravishda tanishtirildi. uqori ballar bilan (189 ball) davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan talabalarimiz – Tashqi siyosat va xalqaro iqtisodiy munosabatlar instituti talabasi Gulsanam Norqulova (o‘zbek tilida) hamda Sharq xalqlari tillari va adabiyoti instituti talabasi Salomat Diykanbayeva (rus tilida) o‘zlarining quvonch va minnatdorlik so‘zlarini bildirishdi.

Shuningdek, barcha ota-onalar nomidan Komiljon Karimov ustozlarga o‘zining chuqur tashakkurini izhor etdi. Tadbir yakunida 1-bosqich talabalarimiz ustozlari hamrohligida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostidagi ilk “Mustaqillik darslari”ga yo‘l olishdi.