TDSHU rektori G.Rixsiyeva Oliy Majlis Senatida o’tkazilgan “Gender tenglik va xotin-qizlarning huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirishning ustuvor vazifalari” mavzusidagi davra suhbatida ma’ruza qildi.
Oliy Majlis Senatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2030-yilgacha mo‘ljallangan Barqaror rivojlanish kun tartibining 5-maqsadi — gender tenglikni ta’minlash hamda barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan “Gender tenglik va xotin-qizlarning huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirishning ustuvor vazifalari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, ularning ijtimoiy-siyosiy hamda iqtisodiy hayotdagi faolligini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Tadbirda G. Rixsiyeva «Xotin-qizlarning sifatli ta’lim olishi, kasbiy ko’nikmalarini rivojlantirishi va qizlar yetakchiligini qo’llab-quvvatlash» mavzusida ma’ruza qildi va oliy ta’lim muassasalari nafaqat malakali kadrlar tayyorlash, balki jamiyatda ijtimoiy mas’uliyatni yuksaltirish, gender tenglikni ta’minlash va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qiladigan ilmiy-amaliy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashi zarurligini ta’kidladi.
Davra suhbatida gender tenglikni ta’minlash va xotin-qizlarning huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi ustuvor vazifalar, mavjud muammolar va ularning samarali yechimlari yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.