Oliy Majlis Senatida “Gender tenglik va xotin-qizlarning huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirishning ustuvor vazifalari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Oliy Majlis Senatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2030-yilgacha mo‘ljallangan Barqaror rivojlanish kun tartibining 5-maqsadi — gender tenglikni ta’minlash hamda barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan “Gender tenglik va xotin-qizlarning huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirishning ustuvor vazifalari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, ularning ijtimoiy-siyosiy hamda iqtisodiy hayotdagi faolligini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Mazkur tadbirda universitet rektori G. Rixsiyeva ham ishtirok etib, xotin-qizlarning ta’lim olishi, kasbiy rivojlanishi, jamiyat boshqaruvida faol ishtirok etishi hamda teng imkoniyatlarga ega bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan masalalar yuzasidan fikr almashdi.
Davra suhbatida gender tenglikni ta’minlash va xotin-qizlarning huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi ustuvor vazifalar, mavjud muammolar va ularning samarali yechimlari yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.