Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TARJIMASHUNOSLIK VA XALQARO JURNALISTIKA KAFEDRASI

image_2023-09-11_10-12-48 Ismatullayeva Nargiza Rasuljanovna
Ilmiy darajasi va unvoni: PhD, dotsent
Lavozimi: Kafedra mudiri
Qabul vaqti: Har kuni (14:00-16:00)
Telefon: +99871 236-15-54
E-mail: nargiza_ismatullayeva@tsuos.uz

“Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika kafedrasi

Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika kafedrasida 2022-2023 o‘quv yilida 29 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Ulardan 5 nafari fan doktori (3 nafari professor, 2 nafari dotsent), 4 ta fan nomzodi (1 nafari professor, 3 nafari dotsent), 8 nafari PhD (3 nafari dotsent, 2 nafari katta o‘qituvchi, 2 nafari o‘qituvchi, 1 nafari stajor-o‘qituvchi), 1 nafar o‘qituvchi va 8 nafar stajer-o‘qituvchilardir. Kafedrada 1 nafar turkiyalik va 2 nafar xitoylik volontyor-o‘qituvchilar faoliyat olib boradilar. Kafedraning ilmiy salohiyati 70% ni tashkil etadi. Kafedrada 60230200 – “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” (sharq tillari bo‘yicha), 60320100 – “Jurnalistika: xalqaro jurnalistika”(sharq tillari bo‘yicha), 61010500 – “Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati” (sharq tillari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishlari va 70230201 – “Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik” (sharq tillari bo‘yicha), 70230202 – “Sinxron tarjima” (sharq tillari bo‘yicha) mutaxassisliklari mavjud. Kafedrada arab, fors, turk, hind, urdu, dariy, xitoy, yapon, koreys, indonez, malay tillari o‘qitiladi. Kafedra talabalari qator Xalqaro va nomdor davlat stipendiyalari sovrindoridir. Jumladan, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti, Navoiy davlat stipendiyasi, Ogahiy nomidagi rektor stipendiyasi, Yaponiyaning “Mitsubishi Corporation” tashkiloti tomonidan ajratilgan stipendiyani qo‘lga kiritgan. Talabalarimiz yapon, xitoy tillari notiqlik san’ati bo‘yicha tanlovda Markaziy Osiyoda yuqori ko‘rsatkichlarni namoyon etgan. Shu bilan birga bakalavr, magistratura hamda til kurslarini o‘qish uchun Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Turkiya, Arab davlatlari, Indoneziya ta’lim grantlarini qo‘lga kiritib, bilim olishni xorijda davom ettirmoqda. Shuningdek, talabalar, magistrantlar va tadqiqotchilar xorijiy mamlakatlarda uzoq va qisqa muddatli stajirovkalar o‘tab kelishmoqda.

Kafedraning ilmiy loyhasi

  • Hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish (BMI, MD, PhD mavzulvri bo‘yicha tadqiqotlar olib borish)
  • Ilmiy-tadqiqot loyihalari tayyorlash
  • Tahliliy materiallar tayyorlash

Kafedraning hamkor tashkilotlari

  • Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
  • “Ipak yoʻli” xalqaro turizm universiteti
  • Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti
  • Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
  • Lal Bahodur Shastri nomidagi Hindiston madaniyat markazi
  • “Dunyo boʻylab” telekanali DUK
  • Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
  • Oʻzbekiston-24 telekanali
  • O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi
  • “Sharq yulduzi” jurnali
  • Muhammad Yusuf nomli jamoat fondi “Oltin qalam” gazetasi
  • TDSHU qoshidagi Yunusobod Xorijiy tillar akademik litseyi
  • O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
  • O‘zbek-Hind turizmni rivojlantirish uyushmasi
  • O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi
  • Toshkent islom instituti
  • Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
  • Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti
  • Turkiya Respublikasining TRT tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi
  • TIKA Xalqaro tashkiloti

Kafedraning faoliyati boyicha fotolavhalar

3

2

4

5

1

12.09.2023, 10:46 27120