Kasbiy layoqatni baholash kengashi tomonidan fakultet va kafedralarning o‘quv jarayonlarini tashkil etish hamda ilmiy-pedagogik faoliyati o‘rganilmoqda.
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Kasbiy layoqatni baholash kengashi tomonidan fakultet hamda kafedaralar kesimida o‘tgan o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar hamda joriy o‘quv yilida belgilangan ilmiy-pedagogik faoliyat tizimli ravishda o‘rganilib, tahlil qilinmoqda.


O‘rganish jarayonida, asosan:
-ta’lim jarayonining sifati va samaradorligi;
-professor-o‘qituvchilarning pedagogik faoliyati va kasbiy salohiyati;
-o‘quv-uslubiy ishlarning holati;
-professor-o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyati va ilmiy nashrlari;
-ilmiy loyihalar, grantlar va xalqaro ilmiy faoliyatdagi ishtiroki;
-talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etish;
-professor-o‘qituvchilarning malaka oshirishi va kasbiy rivojlanishi;
-joriy o‘quv yiliga belgilangan ilmiy va pedagogik vazifalarning ijrosi
asosiy mezonlar sifatida baholanmoqda.


Shuningdek, baholash natijalari universitetda ta’lim sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy va ilmiy salohiyatini yuksaltirish, ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish hamda fakultetlarning umumiy faoliyat ko‘rsatkichlarini yaxshilashga xizmat qiladi.
Yakuniy natijalar bo‘yicha fakultetlar kesimida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar umumlashtirilib, Kasbiy layoqatni baholash kengashining tegishli xulosasi va tavsiyalari shakllantiriladi.

