Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Lyaonin pedagogika universitetida Abdulla Qahhor hikoyalarini xitoy tiliga tarjima qiliş masalalariga bağişlangan ilmiy ma’ruza ötkazildi

27.10.2026, 10:44 Yangiliklar 61

Xitoy-Özbekiston sivilizatsiyalari tadqiqot markazining “Ipak yöli kitoblari: tarjima orqali qalblarni boğlaş” mavzusida taşkil qilayotgan turkum ilmiy ma’ruzalaridan biri Lyaonin pedagogika universiteti Xalqaro ta’lim instituti hamda Çet tillari fakulteti bilan hamkorlikda katta ilmiy ma’ruzalar zalida bölib ötdi.
Mazkur tadbir Xitoy va Özbekiston örtasidagi gumanitar aloqalarning dolzarb yönalişlariga asoslanib, xalqaro xitoy tilini öqitişni rivojlantiriş hamda Markaziy Osiyo adabiyotini xitoy tiliga tarjima qiliş amaliyotiga bağişlandi. Tadbir ikki mamlakat olimlari örtasida muloqot olib boriş, professor-öqituvçilar va talabalar iştirokida ilmiy muhokamalar taşkil etiş uçun yuqori saviyadagi xalqaro ilmiy hamkorlik maydonini yaratdi.

Özbekistonning Toşkent davlat şarqşunoslik universitetining Xitoyşunoslik oliy maktabi professori, universitetimizning faxriy professori hamda Xitoy-Özbekiston sivilizatsiyalari tadqiqot markazining Özbekiston tomonidan vakili Jasur Ziyamuxamedov taklifga binoan “Abdulla Qahhor hikoyalar töplamini xitoy tiliga tarjima qilişdagi qiyinçiliklar va ularni bartaraf etiş yöllari” mavzusida maxsus ma’ruza qildi.
Ma’ruzaga Xalqaro ta’lim instituti dekani Cao Ru moderatorlik qildi, professor Li Baogui esa ilmiy ekspert sifatida iştirok etdi. Tadbirda Xalqaro ta’lim instituti va Çet tillari fakultetining professor-öqituvçilari, doktorantlari hamda talabalari, şuningdek, Xitoy va Özbekiston örtasidagi “2+2” qöşma ta’lim dasturi böyiça tahsil olayotgan talabalar qatnaşdilar.

Ma’ruza ikki asosiy qismdan iborat böldi: Özbekistonda xitoy tilini öqitişning hozirgi holati va badiiy adabiyot tarjimasi amaliyoti. Professor Jasur Ziyamuxamedov Özbekistonda xitoy tilining rivojlaniş jarayoni haqida ma’lumot berdi. Uning ta’kidlaşiça, hozirgi kunda Özbekistondagi öndan ortiq oliy ta’lim muassasasi Xitoy universitetlari bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlaş dasturlarini amalga oşirmoqdalar. Jumladan, Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti va Lyaonin pedagogika universiteti hamkorligida yölga qöyilgan xitoy tili böyiça “2+2” qöşma ta’lim dasturi muhim hamkorlik natijalaridan biridir. Ayni paytda Özbekistonning minglab yoşlari Xitoyning turli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olib, bilim va malakalarini oşirmoqdalar. Hozirgi kunda
Özbekistonda energetika, avtomobilsozlik va boşqa sohalarda xitoy tilini biladigan malakali mutaxassislarga ehtiyoj yuqori bölib, bu xitoy tilidagi ta’limni rivojlantiriş uçun keng istiqbollar oçmoqda.
Şuningdek, professor Jasur Ziyamuxamedov Özbekistondagi Konfutsiy institutlari faoliyati haqida ham ma’lumot berdi. Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti qoşidagi Konfutsiy instituti dunyodagi ilk taşkil etilgan Konfutsiy instituti hisoblanadi. Samarqandda ham Konfutsiy instituti taşkil etilgan. Bundan taşqari, Lyaonin pedagogika universoteti Urganç davlat universiteti bilan hamkorlikda Özbekistonda, Xiva şahrida uçinçi Konfutsiy institutini taşkil etiş va uning faoliyatini yölga qöyiş ustida iş olib bormoqda.
Pu Songling ijodiga oid öz ilmiy tadqiqotlari tajribasiga tayangan holda, professor Jasur Ziyamuxamedov va xitoyşunos olima Dildora Ismoilovalar Özbekistonning taniqli yozuvçisi Abdulla Qahhorning hikoyalar töplamini xitoy tiliga tarjima qilişdi. Professor mazkur amaliyoti bilan ham örtoqlaşdi.
Abdulla Qahhor asarlari kundalik xalq hayotiga çuqur singib ketgan bölib, ularda milliy kiyim-keçak nomlari, diniy atamalar, xalq maqollari va arxaik sözlar köp uçraydi. Bunday birliklarni tarjima qiliş muayyan qiyinçiliklarni keltirib çiqaradi. Madaniy mazmun bilan boğliq söz va iboralarning turli turlariga mos ravişda professor ularni tarjima qilişning tasniflangan usullarini taklif etdi.
Ma’ruza yakunida professor Li Baogui ilmiy ekspert sifatida mavzu yuzasidan batafsil fikr-mulohazalarini bildirdi. Uning ta’kidlaşiça, mazkur ma’ruza mintaqaviy hamkorlikni keng miqyosda yoritişi bilan birga, tarjima amaliyotiga ham çuqur kirib borgan. Hayotiy va işonarli tarjima misollari esa tinglovçilar uçun katta ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Uning fikriça, xitoy tilidagi ta’lim Xitoy va Özbekiston xalqlari örtasida özaro tuşuniş va yaqinlikni mustahkamlovçi muhim köprik bölsa, badiiy adabiyot tarjimasi turli sivilizatsiyalar örtasidagi özaro anglaşuv va madaniy tajriba almaşinuvining ajralmas vositasidir. Mazkur ikki tilli naşr ommaviy mutolaa, auditoriya maşğulotlari va gumanitar diplomatiya nuqtayi nazaridan ham muhim ahamiyat kasb etadi.