Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayonida ishtirok etgan TDSHU vakillari Faxriy Yorliqlar bilan taqdirlandilar

12.11.2021, 00:13 Yangiliklar 1496

TDSHUda universitet rektori Rixsiyeva Gulchehra Shavkatovna boshchiligida joriy yilning 24-oktabrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayonida xorijlik kuzatuvchi va jurnalistlarga hamrohlik qilish va tarjima ishlarida faol ishtirok etgan universitetning professor-o‘qituvchi hamda talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda universitet rektori so‘nggi yillarda yurtimizga doir mintaqa va xalqaro miqyosda erishilgan yutuqlar, universitet miqyosida qo‘lga kiritilgan ijobiy natija va ko‘rsatkichlar haqida so‘z yuritdi. Jumladan, universitet respublika top 10 oliy o‘quv yurtlari qatoridan munosib o‘rin olgani, bunday salmoqli natijani qo‘lga kiritishda bir oila bo‘lib faoliyat yuritayotgan universitetning ilmiy jamoasi hamda ular bilan hamnafas yashab ilm olayotgan talabalarning o‘rni beqiyos ekani alohida qayd etib o‘tildi.

2

Saylov jarayonida bevosita xorijlik kuzatuvchilarga hamrohlik va tarjimonlik qilgan o‘qituvchi va talabalarning ijodiy xulosasi tinglanib, ular tomonidan kashf etilgan sohaning yangi qirralari, qo‘lga kiritgan yutuqlari, oshirgan malaka va ko‘nikmalari haqida rango-rang hissiyotlarga boy ifodalari bilan o‘rtoqlashdilar. Talabalar o‘z navbatida, ularga ishonch bildirgan universitet rahbariyati va til mahorati bo‘yicha sharqona madaniyat ruhiyatida ularga tahsil berib kelayotgan ustoz-murabbiylarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

4

Xalqaro tashkilotlar tomonidan tarjimon-hamrohlarga tashakkurnoma va sertifikatlar taqdim etilgani quvonch ustiga zavq bag‘ishladi. Saylov jarayoni va natijalarini hamon qizg‘in yoritib kelayotgan xalqaro sayt, media portal va axborot agentliklari sahifalarida yurtimiz haqida samimiy maqola va chiqishlari tinmayotgani alohida ta’kidlab o‘tildi.

6

Uchrashuv so‘nggida, TDSHU rektori Rixsiyeva Gulchehra Shavkatovna har bir o‘qituvchi va talabani Faxriy Yorliq bilan taqdirlab, qo‘lga kiritilgan yutuqlar ila samimiy qutladi,  ularga kelgusi  ilmiy va o‘quv ishlarida muvaffaqiyat va zafarlar yor bo‘lishi tilaklari bildirildi.

7

TDSHU Matbuot xizmati