Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU professorlari Sankt-Peterburg davlat universitetida ma’ruzalar o‘qidi

26.06.2026, 11:40 Yangiliklar 28

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Xitoyshunoslik oliy maktabi professorlari Akram Karimov, Jasur Ziyamuxamedov, dotsent Lola Sultanovalar 2026-yilning 24, 25 va 26-iyun kunlarida Rossiya Federatsiyasining QS World University Rankings – oliy o‘quv yurtlarining xalqaro reytingida 390 o‘rinda turuvchi Sankt Peterburg davlat universiteti Filologiya fakultetining1-3-kurs talabalari uchun umumiy hajmi to‘rt akademik soatni tashkil etgan quyidagi mavzularda ma’ruzalar o‘qidilar:

  • «Peng Xyueszyunning “Daniao” romani frazeologik birliklarini tarjima qilishning o‘ziga xos xususiyatlari»;

– «Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanini xitoy tiliga tarjima qilish tajribasi».

– «O‘zbekistonda xitoy adabiyotini o‘rganish: tarixi va bugungi holati»;

– «O‘zbek badiiy adabiyotini xitoy tiliga tarjima qilish muammolari (yangi tarjimalar asosida)».

  • «Xitoy badiiy asarlaridagi leksik birliklarni tarjima qilishning o‘ziga xos xususiyatlari»» romani xitoy leksikasini tarjima qilishning o‘ziga xos xususiyatlari

Mazkur ma’ruzalar davomida talabalarga O‘zbekistonda xitoy adabiyotining shakllanish va rivojlanish bosqichlari, o‘zbek va xitoy adabiy aloqalarining bugungi holati, shuningdek, o‘zbek tilidagi badiiy asarlarini xitoy tiliga tarjima qilishning nazariy va amaliy muammolari yuzasidan ilmiy-amaliy ma’lumotlar taqdim etildi.