Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda Muhammad Yusuf she’rlari xorijiy tillarda chop etildi

25.04.2026, 11:18 Yangiliklar 396

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi va O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 72 yilligiga bag‘ishlab “Muhammed Yusuf. “Vatanim” she’ri xorijiy tillarda” va “Muhammed Yusuf. “Lolaqizg‘aldoq” she’ri xorijiy tillarda” nomli ikki kitob nashrdan chiqdi.

Universitetning “Tarjimashunoslik, tilshunoslik va xalqaro jurnalistika” oliy maktabi professori, filol.f.d. Xayrulla Hamidov rahbarligi va mas’ul muharrirligida uning bosh maqolasi bilan “Yosh sharqshunos-tarjimonlar uyushmasi”da nashr etilgan kitobni Oliy maktabning “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalari Dilshoda Jumanova va Solijon Halimovlar nashrga tayyorlagan. Kitobdan shoirning Vatanparvarlik va insonga sadoqat, ijtimoiy-falsafiy mavzularida yozilgan “Lolaqizg‘aldoq” va “Vatanim” she’rlari  dunyoning 25 ta tiliga tarjimalari o‘rin olgan.

Tarjimalar universitetimiz professorlari Ulfatxon Muxibova (hindiy tiliga), Xayrulla Hamidov (turk tiiga), Dilfuza Ahmedova (fors tiliga), dotsentlar Muxlisa Shoraxmedova (urdu tiliga), Nasiba Abduganiyeva (indonez tiliga), Hilola O‘ktamova (dariy tiliga)lar hamda iste’dodli muallimlar va doktorantlar, iqtidorli talabalar tomonidan “ustoz shogird” ananasiga ko‘ra amalga oshirilgan. Tarjima ishiga O‘zbekistonning ko‘pchilik universitatlarining taniqli professorlari ham jalb qilingan (Gulnora Mansurova – TIU (rus tiliga), Feruza Sapayeva – O‘zDJTU (turkman va qora­qal­poq til­la­riga), Nodir Otaqulov – O‘zMU (fransuz tiliga) va b.)

Ushbu kitob Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Tarjimashunoslik, tilshunoslik va xalqaro jurnalistika” oliy maktabi jamoasining O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi va buyuk shoir tavalludining 72 yilligiga kamtarona tuhfasi  bo‘ladi, deb umid qilamiz.