Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDŞUda Odil Yoqubov tavalludining 100 yilligiga bağişlangan monografiya va “Billur Qandillar” qissasining turkça tarjimasi naşr etildi

21.10.2026, 18:26 Yangiliklar 54

Toşkent davlat şarqşunoslik universitetida atoqli adib, Özbekiston xalq yozuvçisi Odil Yoqubov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan filologiya fanlari doktori, professor Xayrulla Hamidovning “Odil Yoqubov asarlari turk tilida: badiiyat, milliylik va tarjima mahorati” nomli monografiyasi hamda adibning xalqimiz orasida maşhur bölgan “Billur Qandillar” qissasining turk tilidagi tarjimasi alohida kitoblar şaklida naşr etildi.

Mazkur naşrlar özbek adabiyotining yirik namoyandasi Odil Yoqubov ijodini xalqaro miqyosda tarğib etiş, uning asarlarini turk kitobxonlariga taniştiriş hamda özbek va turk xalqlari örtasidagi adabiy-madaniy aloqalarni yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.

Filologiya fanlari doktori, professor Abdurahim Mannonov mas’ul muharrirligida, uning sözboşi hamda filologiya fanlari doktori Samida Mustafayeva va professor Ergas Oçilov taqrizlari bilan naşr etilgan monografiyada Odil Yoqubovning “Adolat manzili” va “Diyonat” romanlarining turk tiliga tarjimalari ilmiy tahlil qilingan. Unda adibning öziga xos ijodiy uslubi, asarlarida aks etgan milliy ruh, badiiy tasvir vositalari va milliy öziga xoslikning turkça tarjimalarda qayta yaratilişi masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Monografiya özbek adabiyotining turk tilida qayta talqin etilişi, badiiy tarjimaning öziga xos jihatlari hamda tarjimon mahoratining asar mazmuni va badiiy qiymatini yetkazişdagi örnini örganiş nuqtayi nazaridan muhim ilmiy ahamiyatga ega. Şuningdek, uşbu tadqiqot Odil Yoqubov ijodining turkiy xalqlar adabiy makonidagi örnini yanada çuqurroq anglaşga yordam beradi.

Adibning xalqimiz orasida katta şuhrat qozongan “Billur Qandillar” qissasi ham turk tiliga tarjima qilinib, “Billur Kandiller” nomi ostida alohida kitob şaklida çop etildi. Naşr Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti professori Gulçehra Rixsiyevaning mas’ul muharrirligida tayyorlangan.

Uşbu ikki naşr Odil Yoqubov ijodiy merosini keng tarğib etiş, özbek adabiyotining badiiy-estetik xususiyatlarini turk kitobxonlariga yetkaziş hamda tarjimaşunoslik sohasidagi ilmiy izlanişlarni rivojlantiriş yölidagi muhim qadamlardan biridir.

Odil Yoqubov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan amalga oşirilgan mazkur naşrlar adibning boy adabiy merosini kelajak avlodlarga yetkaziş va özbek adabiyotining xalqaro miqyosdagi nufuzini oşirişga xizmat qiladi.