Xitoy yozuv merosi va Şarqiy Osiyo xalqlari: ilmiy muloqot davom etmoqda
2026-yil 20-noyabr kuni kunning ikkinçi yarmida Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti Xitoyşunoslik oliy maktabi dotsenti, filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD), TDŞU–Gansu YUNYESKO markazi rahbari Feruza Xasanova Xitoy Xalq Respublikasining Lanjou universiteti Xalqaro madaniy almaşinuv institutida ilmiy ma’ruza qildi.

Ma’ruza “Xitoy iyerogliflarining Şarqiy Osiyo xalqlari yozuv tizimlariga ta’siri” (汉字对东亚各民族文字系统的影响) mavzusiga bağişlandi.
Ma’ruza davomida xitoy iyeroglifik yozuvining Şarqiy Osiyo mintaqasidagi tarixiy tarqalişi, uning yapon, koreys va vetnam xalqlari yozuv tizimlarining şakllanişi hamda rivojlanişiga körsatgan ta’siri lingvistik, tipologik va lingvosemiotik nuqtai nazardan tahlil qilindi.
Xususan, xitoy iyerogliflarining turli til tizimlariga moslaşuv jarayonlari, grafik şakl, fonetik xususiyat va semantik mazmun örtasidagi munosabatlar, şuningdek, milliy yozuv tizimlarining şakllanişidagi öziga xos lingvistik mexanizmlar ilmiy misollar asosida yoritildi.

Şuningdek, yapon yozuvidagi kandzi (漢字), koreys yozuvidagi xança (漢字) hamda vetnam tilida tarixan qöllanilgan çữ Nôm (喃字) yozuv tizimlarining şakllaniş xususiyatlari qiyosiy tahlil qilindi. Uşbu yozuv tizimlarining rivojlanişida xitoy yozuv an’analari bilan mahalliy tillarning fonetik va grammatik xususiyatlari örtasidagi özaro ta’sir masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ma’ruzada xitoy iyerogliflari nafaqat yozma muloqot vositasi, balki Şarqiy Osiyo xalqlari örtasidagi tarixiy-madaniy aloqalar, bilimlar almaşinuvi va sivilizatsiyalar özaro ta’sirining muhim omili sifatida ham körib çiqildi.
Mazkur ilmiy ma’ruza Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti va Xitoyning yetakçi oliy ta’lim muassasalari örtasidagi akademik hamkorlikni rivojlantiriş, xitoyşunoslik sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni xalqaro miqyosda keng tarğib etiş hamda qiyosiy tilşunoslik va yozuv tizimlari tadqiqoti böyiça ilmiy aloqalarni mustahkamlaşga xizmat qiladi.
