Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

2021-2022-yil doktoranturaga qabul to’grisida

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining oliy talimdan keyingi talim tizimida davlat budjeti mablaglari hisobidan 2022yilda o‘qishga qabul kvotasining ixtisosliklar bo‘yicha taqsimoti

Ixtisoslik shifri

va nomi

Tayanch doktorantura(PhD)

Doktorantura

(DSc)

Stajyor tadqiqotchi

Maqsadli doktorantura

(PhD)

07.00.03 – Jahon tarixi

2

1

07.00.05 – Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi

2

1

1

07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqotusullari

2

08.00.09 – Jahon iqtisodiyoti

2

09.00.03 – Falsafa tarixi

2

1

10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti

2

10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik

2

1

1

1

10.00.10 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik

2

1

23.00.04 Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqataraqqiyotining muammolari

2

Jami

18

1

4

3

TDSHUDA DOKTORANTURA, TAYANCH DOKTORANTURA VA MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA QABUL QILISHNING ASOSIY SHARTLARI

Tayanch doktoranturaga va mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarning hujjatlari 15-sentabrdan 15-oktabrgacha qabul qilinadi.  O‘qish muddati uch yil. Tayanch doktoranturaga qabul TDSHUda tashkil etiladigan maxsus komissiya tomonidan tanlov asosida amalga oshiriladi. Talabgorlar kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra belgilangan tartibda tanlab olinadi. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar qonun hujjatlariga va (yoki) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Tayanch doktoranturaga kiruvchi shaxs quyidagi talablarga javob berishi kerak:
–    Oliy ta’lim muassasasi magistratura diplomi, yoki magistr darajasi joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidag
i diplomga ega bo‘lish;

–    muayyan ilmiy natijalarga, shu jumladan ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida 1 ta ilmiy maqolaga va ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari to‘plamlarida, tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan 2 ta tezisga ega bo‘lish;

Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura (PhD), mustaqil izlanuvchilik (PhD)ga oʼqishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar

 1. Ariza.

2. Qisqacha biografik maʼlumot (obʼektivka – namuna 3.5 shakl boʼyicha oʼzbekcha va ruscha shaklda).
3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
4. Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganligi (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari boʼyicha) toʼgʼrisida diplom nusxasi.
5. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis).
6. Ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilar uchun)
7. Pasport nusxasi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa)

Barcha xujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (http://phd.mininnovation.uz) orqali roʼyxatdan oʼtgan holda yuboriladi.

Doktorantura (DSc), mustaqil izlanuvchilik doktorantura (DSc)ga

Oʼqishga talabgorlar quyidagi xujjatlarni taqdim etadilar

1. Ariza.
2. Qisqacha biografik ma’lumot (obyektivka, namuna boʻyicha 3.5 shakl, oʻzbekcha va ruscha shaklda).
3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
4. Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi.
5. Tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining batafsil loyihasi.
6. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis).
7. Ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilar uchun)
8. Pasport nusxasi.
9. Ilmiy yutuqlari (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi)

Barcha xujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (http://phd.mininnovation.uz) orqali roʼyxatdan oʼtgan holda yuboriladi.

Kirish imtihonlari savollari ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasining qabul komissiyasi tomonidan mutaxassislikning mohiyatidan kelib chiqib tuziladi va Kollegial organ tomonidan tasdiqlanadi.

Stajyor-tadqiqotchilik va doktoranturada oʻqish uchun kirayotgan talabgorlar Kollegial organ tomonidan ixtisoslik boʻyicha suhbatdan oʻtadilar.

Barcha sohalar shu jumladan, fizika-matematika va texnika fanlari boʻyicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga qabul qilishda tegishli fan yoʻnalishlarida milliy sertifikatga ega boʻlgan talabgor mutaxassislik fani boʻyicha imtihondan ozod etiladi va unga mutaxassislik fani uchun belgilangan maksimal ball beriladi.

Imtihon ro‘yxati

1. Mutaxassislik fanlari bo‘yicha;
2. Chet tillari fani bo‘yicha;

Murojaat uchun tel:

(8-371) 233-45-21

232-16-40

25.09.2021, 21:26 8616