Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Universitet Kengashi

Universitet rasm

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI  KENGASHI

Universitetning faoliyatiga tegishli asosiy masalalarni ko‘rib chiqish uchun rektor raisligida universitet Kengashi tashkil etiladi. Kengash tarkibi rektor, prorektorlar, fakultet dekanlari, universitet tarkibiga kiruvchi mustaqil tashkilot va tarmoqlar direktorlari, mutaxassis chiqaruvchi kafedralar mudiri, universitet Kengashining ilmiy kotibi, universitet monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i, ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i, O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i, shuningdek, jamoat tashkilotlari rahbarlaridan tashkil etiladi. Kengashning boshqa a’zolari fakultetning umumiy majlisida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar. Professor-o‘qituvchilar tarkibidan Kengashga saylanuvchi a’zolarning soni rektorning buyrug‘i bilan belgilanadi. Kengash tarkibiga oliy ta’lim muassasasining muayyan yo‘nalish muammolari bo‘yicha ishlayotgan yirik olim va mutaxassislar ham kiritilishi mumkin. Vakolat muddati – 5 yil.

Kengashning maqsadi – universitet jamoasi say’-harakatlari, intellektual salohiyati va boshqa barcha imkoniyatlarni “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonunlarda belgilangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash, oliy ta’limning davlat ta’lim standarti talablari darajasida mukammal bilim, malaka, ko‘nikmalarga ega bo‘lgan professional mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirishdan iborat.

Universitet Kengashi:

– O‘zbekiston Respublikasi Hukumat qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsusm ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari va buyruqlarining bajarilishini nazorat qilib boradi;

– Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq davlat ta’lim standartlari, ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlarining qatiy bajarilishini o‘rganib chiqadi hamda ustivor masalalar bo‘yicha tavsiya va topshiriqlar belgilaydi;

– fakultetlarning o‘quv, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlari to‘g‘risidagi, akademik litseylar, universitet qoshidagi ilmiy jamiyatlarning faoliyati to‘g‘risidagi, qabul komissiyasining qabul natijalari to‘g‘risidagi, shuningdek marketing xizmatining xalq xo‘jaligining bitiruvchi mutaxassislarga bo‘lgan extiyoji, buyurtmachi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi hamda tegishli qaror qabul qiladi;

– ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejalari ijrosi, professor-o‘qituvchilar tarkibining malaka oshirish va qayta tayyorlash masalalarini muhokama qiladi hamda tegishli qarorlarni qabul qiladi;

– universitet rivojlanishining yillik va istiqboliy rejalarini tasdiqlaydi, moddiy-texnik ta’minot va moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalarini muhokama qiladi hamda tegishli qarorlarni qabul qiladi;

– fakultet va kafedralarni ochish, tugatish, o‘zgartirish, shuningdek marketing xizmati takliflarini hisobga olgan holda yangi bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga ko‘yish yoki to‘xtatish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha qaror qabul qiladi;

– “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul kilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq professor- o‘qituvchilar lavozimlarini egallash uchun tanlovlar o‘tkazadi;

– jismoniy tarbiya va sport o‘qituvchisi (kafedra mudiri) lavozimini egallash uchun tanlov o‘tkaziladigan kengash yig‘ilishini O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi vakilining ishtirokida o‘tkazadi;

– professor, dotsent ilmiy unvonini olish uchun nomzodlarning hujjatlarini ko‘rib chiqadi va belgilangan tartibda ilmiy unvonga tasdiqlashga taqdim etadi;

– universitet bitiruvchilari hamda professor-o‘qituvchilarining ingliz tilini bilishlarini ta’minlash va kompyuter texnologiyalari, Internetdan foydalana olishlari bo‘yicha tayanch ko‘nikmalarni shakllantirish masalalarini muhokama qiladi va chora-tadbirlar belgilaydi;

– ta’lim jarayonining o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganligi, yangi avlod darslik va o‘quv  qo‘llanmalari, shuningdek innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llashga asoslangan o‘quv-uslubiy majmualarni tayyorlash va nashr etish masalalarini muhokama qiladi;

– tayanch doktoranturada ta’lim oluvchilarning kirish imtihonlari natijasi to‘g‘risidagi qabul komissiyasi majlisi bayonnomasini, doktoranturada ta’lim oluvchi talabgorlar bilan o‘tkazilgan suhbat natijalarini va qabul qilingan doktorant hamda tayanch doktorantlarning  dissertatsiya mavzularini tasdiqlaydi;

– iqtidorli talabalar safidan va professor-o‘qituvchilar tarkibidan nomzodlarni “El yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijiy oliy ta’lim muassasalarida stajirovka o‘tishga tavsiya etadi;

– universitet iqtidorli talabalari safidan O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi va nomli davlat stependiyalar tanlovida ishtirok etadigan nomzodlarni tavsiya etadi;

– “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi bilan hamkorlikda talabalarning jismoniy tarbiyasi va ularning sog‘liklarini yanada yaxshilash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqadi;

– asosiy buyurtmachi tashkilot, korxona va muassasalar bilan korporativ hamkorlikni rivojlantirish, moddiy-texnik bazani mustaxkamlash hamda talabalarning malakaviy amaliyoti samaradorligini oshirish masalalarini muhokama qiladi va ularni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;

– xorijiy mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;

– ta’lim xizmatlari bilan shug‘ullanuvchi kichik korxonalar, firma va kurslar faoliyati haqida raxbarlarning hisobotlarini eshitadi hamda tegishli qaror qabul qiladi;

– universitet talabalari va xodimlarining texnika xavfsizligi va mehnat muxofazasini takomillashtirish bo‘yicha tadbirlarni belgilaydi.

Kengash o‘z faoliyatini har o‘quv yili uchun ishlab chiqiladigan rejaga muvofiq amalga oshiradi. Kengash rejasi Kengash tomonidan ko‘rib chiqilganidan so‘ng universitet rektori tomonidan tasdiqlanadi. Universitetning o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy ishlariga doir barcha masalalar bo‘yicha Kengash qarorlari ochik ovoz berish tartibida ko‘pchilikning ovozi bilan qabul qilinadi. Kengash majlisi uning tarkibidagi a’zolarning 2/3 qismi ishtirok etgandagina haqiqiy hisoblanadi. Professor-o‘qituvchilar tarkibi lavozimlarini egallash hamda professor yoki dotsent ilmiy unvonlarini berish bo‘yicha o‘tadigan tanlovlar va takdimnomalar yuzasidan qarorlar yopik ovoz berish yo‘li bilan belgilangan tartibda qabul qilinadi.

Hozirgi kunda faoliyat yuritayotgan universitet Kengashining tarkibida 44 nafar a’zo.

 

КЕНГАШ АЪЗОЛАРИ РЎЙХАТИ

2024/2025 ўқув йили 

Кенгаш аъзосининг исми, шарифи Кенгаш аъзосининг лавозими  
Рихсиева Гулчеҳра Шовкатовна Университет ректори, Кенгаш раиси  
2. Пулатова Малоҳат Рихсибаевна Университет Кенгаши илмий котиби
3. Омонов Қудратилла Шарипович Ёшлар масалалари ва маънавий-маърифий ишлар бўйича биринчи проректор  
4. Шукуров Асилбек Камалович Ректор маслаҳатчиси  
5. Абдуллаев Нодир Абдулҳаевич Ўқув ишлари бўйича проректор. ТДШУ қошидаги лицей ижрочи директори. Халқаро алоқалар бўйича проректор  
6. Сайфуллаев Дурбек Бахтиярович Илмий ишлар ва инновациялар бўйича проректор. Кенгаш раиси ўринбосари  
7. Мирзиётов Шуҳрат Миргиязович Moлия-иқтисод ишлари бўйича проректор  
8. Мирзаҳмедова Ҳулкар Василовна Осиё халқлари тили ва адабиёти институти раҳбари  
9. Салаев Дилшод Сафарбаевич Ташқи сиёсат ва халқаро иқтисодий муносабатлар институти раҳбари  
10. Аскаров Мирзохид Махаммаджонович Шарқ цивилизацияси ва фалсафа факультети декани  
11. Вахидов Авазбек Аширалиевич Амалий фанлар факультети декани

 

 
12. Закиржанова Феруза Йўлдашевна Мурожаатлар билан ишлаш, назорат ва мониторинг бўлими бошлиғи  
13. Умарова Саодат Маҳкамовна Ўқув-услубий бўлим бошлиғи  
14. Маҳкамова Саида Хафизовна Таълим сифатини назорат қилиш бўлими бошдиғи  
15. Саидов Шавкат Жумабоевич Магистратура бўлими бошлиғи  
16. Бултаков Икром Юсупович Арабшунослик олий мактаби раҳбари  
17.           А Нуритдинов Нодир Нурмат ўғли Ероншунослик ва афғоншунослик олий мактаби  
18. Арипов Мухаммаджон Пулатбаевич Туркшунослик олий мактаби раҳбари  
19. Ходжаева Нилуфар Бекмурадовна Жанубий-Осиё тиллари ва адабиёти олий мактаби раҳбари в.б.  
20. Холмурзаева Нодира Тошмурзаевна Японшунослик олий мактаби раҳбари в.б.  
21. Еон Сангҳеум Кореяшунослик олий мактаби раҳбари в.б.  
22. Хасанова Феруза Мирзабековна Хитойшунослик олий мактаби раҳбари в.б.  
23. Мустафаева Самида Тошмуҳаммедовна Таржимашунослик, тилшунослик ва халқаро журналистика олий мактаби раҳбари в.б.  
24. Бўронов Сухроб Муҳаммад ўғли Халқаро муносабатлар кафедраси мудири в.б.  
25. Саттиқулова

Гавҳарнисо Ахмадхановна

Иқтисодиёт ва менежмент кафедраси мудири в.б.  
26. Вахидова Меҳри Ҳасановна Ташқи иқтисодий фаолият кафедраси мудири в.б.  
27. Ҳусанов Чори Қодирович Туризм кафедраси мудири в.б.  
28. Икрамов Шавкат Искандарович Шарқ мамлакатлари тарихи ва антропологияси кафедраси мудири в.б.  
29. Алимов Зуҳриддин Исамутдинович Марказий Осиё халқлари тарихи кафедраси мудири в.б.  
30. Сулаймонов Жасур Бахтиярович Шарқ фалсафаси ва герменевтика кафедраси мудири в.б.  
31. Саидакбарова Саодат Пархаджановна Ғарб тиллари кафедраси мудири в.б.  
32. Абдуллаева Шоира Хомидовна Педагогика ва психология кафедраси мудири  
33.   Ўзбекистон ёшлар иттифоқи Тошкент давлат шарқшунослик университети бошланғич ташкилот етакчиси

05.10.2024, 15:14 16031