Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xalqaro hamkorlik

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETINING XALQARO HAMKORLIK BO‘LIMI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT

     1991 yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning Qaroriga muvofiq Toshkent davlat universiteti Sharq fakulteti negizida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tashkil etilgan. 2020 yil 16 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Qarori bilan Toshkent davlat sharqshunoslik instituti negizida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tashkil etildi. Bo‘limining asosiy faoliyati Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining xorijiy mamlakatlardagi oliy ta’lim muassasalar, ta’lim markazlar, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy ta’limning rivojlantirishga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirishdan iboratdir.

Bugungi kunda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (TDShU) 100 ga yaqin xorijiy oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Jumladan, Yaponiya, Xitoy, Koreya Respublikasi, Hindiston, Vyetnam, Malayziya, Indoneziya, Misr, Turkiya, Eron, AQSh, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Frantsiya, MDH mamlakatlarining bir qator nufuzli universitet va tashkilotlari.

2019-2020 o‘quv yilida TDShUda ilk marotaba 3 ta xorijiy davlatlarning, Belorussiya Respublikasining Belorussiya Davlat universiteti, Koreya Respublikasining Kyongdong va Samyung universitetlari bilan hamkorlikda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Bu dasturlar bo‘yicha bitiruvchilar TDShU va xorijiy hamkor universitetining diplomlariga ega bo‘ladilar.

Universitetimiz xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan professor-o‘qituvchilarning tajriba almashinuvi, talabalar bilan almashinuv, ilmiy konferentsiyalar, seminarlar, on-layn rejimida videokonferentsiyalar o‘tkazish va xalqaro ta’limni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi boshqa yo‘nalishlarda samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Yurtimizda faoliyat yurgazayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari, tashkilotlari hamda do‘stlik jamiyatlari bilan ta’lim, ilm-fan va madaniyat yo‘nalishlarida ham yaqindan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Buni yaqqol misoli sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Jahon Bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Koreya Respublikasining KOICA, Yaponiyaning JISA, JICE, O‘zbekiston-Yaponiya markazi, Lal Baxodur Shastri nomidagi Hind madaniyat markazi, Turkiyaning TIKA, Buyuk Britaniyaning Britaniya Kengashi, Yevropa Ittifoqining Erasmus+ milliy ofisi va boshqa tashkilotlarni keltirishimiz mumkin.

Sharq tillari, adabiyoti, tarixi va madaniyatini o‘rganishni targ‘ib qilish, shuningdek, ta’lim sifatini yaxshilash va ilmiy salohiyatni ko‘tarish maqsadida Xalqaro hamkorlik bo‘limi hamrohligida universitetimizda bir nechta markaz tashkil etildi:

  • Konfutsiy nomli o‘zbek-xitoy instituti – 2005 yil, may
  • Tsukuba universitetining Markaziy-Osiyo ilmiy tadqiqot markazi – 2006 yil,sentyabr
  • Mahatma Gandi nomli hindshunoslik markazi – 2007 yil, aprel
  • Pokiston markazi – 2009 yil, may
  • Vetnam tili va madaniyati markazi – 2012 yil, noyabr
  • Indonez tili va madaniyati markazi – 2013 yil, mart
  • Koreyashunoslik markazi – 2013 yil, aprel

Har yili Yaponiya, Xitoy, Koreya Respublikasi, Hindiston, Turkiya, Misr, Eron, Indoneziyaning hamkor oliy ta’lim muassasalaridan uzoq muddatga taklif etilgan 40 nafarga yaqin professor-o‘qituvchilar TDShU va uning qoshidagi Konfutsiy institutida o‘rganilayotgan davlat tili, adabiyoti va iqtisodiyotidan dars berib kelmoqdalar. Bundan tashqari qisqa muddatga ham tizimli ravishda xorijdan professor-o‘qituvchilar taklif qilinadi. Shu bilan birga, har o‘quv yili Yaponiya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, Rossiya va boshqa davlatlardan 50 ga yaqin fuqarolar universitetda bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida, shuningdek, xalqaro tashkilotlar dasturlari doirasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish hamda o‘zbek va rus tillarini o‘rganish maqsadida tashrif buyurgan stajyorlar tahsil olishadi.

TDShUning professor-o‘qituvchilari har yili muntazam ravishda Yaqin Sharq, Osiyo, Afrika, Yevropa, Amerika hamda boshqa mintaqa davlatlarida tilshunoslik, sharqshunoslik, xalqaro iqtisodiy va siyosiy munosabatlar, tarix, falsafa, mintaqashunoslik muammolariga bag‘ishlab o‘tkaziladigan xalqaro konferentsiyalar, simpoziumlar va seminarlarda faol ishtirok etib kelmoqdalar. O‘zbek sharqshunoslik fani yutuqlari va muvaffaqiyatlarini targ‘ib-tashviq qilib, tajriba almashib kelmoqda. Jumladan, 2019 yilda 67 nafar professor-o‘qituvchilar chet elga turli darajadagi tadbirlarda ishtirok etish uchun yuborildilar. TDShUda Xalqaro hamkorlik bo‘limi tomonidan talabalar uchun e’lon qilinadigan turli xorijiy grant dasturlarida qatnashish uchun o‘qishi yaxshi va a’lo ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan, yuksak ma’naviyatli, ilmiy va ijodiy yo‘nalishlarda muayyan yutuqlarga erishgan, universitet hayotida faol ishtirok etadigan nomzodlar tanlov asosida yuboriladi. Bundan tashqari turli xalqaro tadbirlarda bizning talabalarimiz ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, 2019 yilda xorijiy hamkor OTMlarda stajirovka o‘tash hamda turli xalqaro tadbirlarda ishtirok etish uchun 70 nafar talaba xorijga yuborilgan.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalari hamda tashkilotlari bilan tuzilgan memorandum va shartnomalar

RO‘YXATI

Mamlakat Xorijiy hamkor Imzolangan sana Veb-sayt
AQSH

6565

1 San-Diego davlat universiteti 1998 yil 1-Dekabr https://www.sdsu.edu
2 Sietl shahridagi Vashington universiteti 2004 yil 10-Aprel https://www.gwu.edu
BELORUSSIYA

65656

1 Belorussiya davlat universiteti 2019 yil 19-Iyul https://www.bsu.by
Belorussiya davlat universiteti

(Qo’shma ta’lim dasturi)

BUYUK BRITANIYA

32323

1 Markaziy Lankashir universiteti 2013 yil 9-Oktabr https://www.uclan.ac.uk
2 Norvich til va talim instituti 2018 yil 14-Oktabr https://www.nile-elt.com
VENGRIYA

9565665

1 Loran Etyosh nomidagi Budapesht universiteti 2017 yil 25-Iyul https://www.elte.hu
VYETNAM

9845

1 Vyetnam davlat universiteti huzuridagi ijtimoiy va gumanitar fanlar universiteti 2013 yil 18-Oktabr www.ussh.vnu.edu.vn
2 Vyetnam davlat universiteti 2011 yil 3-Oktabr http://www.vnu.edu.vn
INDONEZIYA

222222

1 Indoneziya universiteti 2017 yil 20-Dekabr https://www.ui.ac.id
2 Malang Islom universiteti 2020 yil 14-Fevral

2020 yil  9-Oktabr

(Yangilangan sana)

http://unisma.ac.id
KOREYA RESPUBLIKASI

66565

 

1 Daejin universiti 2009 yil 19-Fevral http://www.daejin.ac.kr
2 Kangnam universiteti 2004 yil 21-May https://web.kangnam.ac.kr
3 Keymyung universiteti 2018 yil 12-Avgust http://dongsan.dsmc.or.kr
4 Koreya xalqaro tatdiqotlar universiteti 2018 yil 30-Oktabr https://dis.korea.ac.kr
5 Koreyashunoslik akademiyasi 2018 yil 5-Iyul http://www.aks.ac.kr
6 Kongju milliy universiteti 2017 yil 29-May http://www.kongju.ac.kr
7 Kukmin universiteti 2006 yil 26-Iyul https://english.kookmin.ac.kr
8 Koreya fondi 2015 yil 31-Avgust http://en.kf.or.kr
9 Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) 1993 yil 20-Sentabr http://www.koica.go.kr
10 Kyung Hee universiteti 2007 yil 30-Avgust https://www.khu.ac.kr
11 Kyungdong universiteti 2019 yil 10-Iyun https://kduniv.ac.kr/en
Kyungdong universiteti

(Qo’shma ta’lim dasturi)

2019 yil 12-Iyul https://kduniv.ac.kr/en
12 Gimcheon universiteti 2007 yil 29-Mart http://www.gimcheon.ac.kr
13 Namseul universiteti 2007 yil 29-Mart https://www.nsu.ac.kr
14 Pukyong milliy universiteti 2010 yil 5-Noyabr http://www.pknu.ac.kr
15 Pusan chet tillari universiteti 2018 yil 2-Noyabr https://www.bufs.ac.kr
16 Tegu Haani universiteti 2018 yil 10-May http://www.dhu.ac.kr
17 Sangmyung universiteti 2018 yil 31-Dekabr https://www.smu.ac.kr
Sangmyung universiteti

(Qo’shma ta’lim dasturi)

2019 yil 30-May https://www.smu.ac.kr
18 Seojeong universiteti 2001 yil 2-May http://www.seojeong.ac.kr
19 Sungkyul universiteti 1995 yil 19-Sentabr https://www.sungkyul.ac.kr
20 Sun-Mun universiteti 2017 yil 23-Noyabr https://www.sunmoon.ac.kr
21 Sunchon milliy universiteti 2017 yil 23-Oktabr https://www.scnu.ac.kr
22 Handong global universiteti 2019 yil 11-Yanvar https://www.handong.edu
23 Hankuk chet tillar universiteti 2018 yil 18-Iyun http://www.hufs.ac.kr
24 Hanyang universiteti 2017 yil 23-Iyun https://www.hanyang.ac.kr
25 Hanshin universiteti 2007 yil 23-Aprel http://www.hs.ac.kr
26 Chonbuk milliy universiteti 2008 yil 6-Oktabr http://jbnu.ac.kr
27 Chung-Ang universiteti 2004 yil 24-Sentabr https://neweng.cau.ac.kr
QOZOGʻISTON

8854

1 Al-Farobiy nomidagi Qozogʻiston milliy universiteti 2017 yil 20-Iyul https://www.kaznu.kz
2 M.Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston davlat universiteti 2018 yil 12-Aprel www.ukgu.kz
LATVIYA

3363

1 Boltiq xalqaro akademiyasi 2018 yil 24-Oktabr https://bsa.edu.lv
MALAYZIYA

14521

1 Sulton Idris nomidagi Malayziya pedagogika universiteti 2017 yil 21-Iyul https://www.upsi.edu.my
MISR

8466

1 Al-Azhar universiteti 1992 yil 8-May http://www.azhar.edu.eg
2 Qohira universiteti 1997 yil 12-Mart https://cu.edu.eg
3 Mansura universiteti 1997 yil 13-Mart http://www.mans.edu.eg
4 Helvan universiteti 2004 yil 24-Mart http://www.helwan.edu.eg
NIDERLANDIYA QIROLLIGI

5231

1 Leyden universiteti 2018 yil 30-Iyun https://www.universiteitleiden.nl
2 Rotterdam islom universiteti 1999 yil 7-Iyun https://www.universiteitleiden.nl
ROSSIYA

96565

1 Rossiyaning birinchi Prezidenti B.N.Yeltsin nomidagi Ural federal universiteti 2018 yil 16-Oktabr https://urfu.ru/ru
2 Qozon federal universiteti 2018 yil 16-Oktabr https://kpfu.ru
3 Moskva davlat universitetining M.V.Lomonosov nomidagi Osiyo va Afrika mamlakatlari instituti 2017 yil 5-Sentabr http://www.iaas.msu.ru
4 Rossiya Fanlar akademiyasi sharqshunoslik instituti 2018 yil 15-Mart https://www.ivran.ru
5 Rossiya xalqlar do’stligi universiteti 2018 yil 12-Mart http://www.rudn.ru
6 Sankt-Peterburg davlat universiteti 2020 yil 13-Mart https://spbu.ru
7 Tinch okeani davlat universiteti 2018 yil 16-Oktabr http://pnu.edu.ru
8 Chelyabinsk davlat universiteti 2018 yil 16-Oktabr https://www.csu.ru
TURKIYA

2452

1 Anqara universiteti 2019 yil 6-Noyabr https://www.ankara.edu.tr
2 Anqara Hoji Bayram Vali universiteti 2019 yil 6-Noyabr https://hacibayram.edu.tr
3 Gazi universiteti 2019 yil 7-Noyabr http://gazi.edu.tr
4 Marmara universiteti 2019 yil 6-Noyabr https://www.marmara.edu.tr
5 Otaturk universiteti 2018 yil 3-May https://www.atauni.edu.tr
6 Stanbul universiteti 2019 yil 4-Noyabr https://www.istanbul.edu.tr
7 Turkiya xalqaro hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) 2005 yil 20-Oktabr https://www.tika.gov.tr
8 TURKSOY Xalqaro turk madaniyati tashkiloti 2020 yil 30-Oktabr www.turksoy.org
FRANTSIYA

8745

1 Parij sharq tillari va tsivilizatsiyasi milliy instituti 2018 yil 10-Oktabr http://www.inalco.fr
XITOY

96523

1 Lanchjou universiteti 2019 yil 10-Dekabr http://www.lzu.edu.cn
2 Lanchjou universiteti Siyesatshunoslik va xalqaro munosabatlar instituti 2019 yil 18-Sentabr http://zgy.lzu.edu.cn
3 Lanchjou universiteti Tarix va madaniyat instituti 2012 yil 1-May http://history.lzu.edu.cn
4 Sian xalqaro tadqiqotlar universiteti 2015 yil 20-Avgust http://en.xisu.edu.cn
5 Tyanjin xalqaro aloqalar politekhnika instituti 2001 yil 4-Sentabr http://www.tjpu.edu.cn
6 Shanxay universiteti Iqtisodiyot maktabi 2018 yil 28-Dekabr http://en.shu.edu.cn
7 Shanxay xalqaro talim universiteti 2018 yil 11-Dekabr http://en.shisu.edu.cn
8 Shimoliy-G’arbiy Minzu universiteti 2018 yil 6-Iyun http://www.xbmu.edu.cn
9 Shanxay universiteti Qoshidagi Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi instituti 2013 yil 12-Aprel http://en.shu.edu.cn
10 Hunan pedagogika universiteti 2016 yil 28-Noyabr http://www-en.hnu.edu.cn
HINDISTON

84555

1 Vivekananda xalqaro hamkorlik fondi 2017 yil 25-Avgust https://www.vifindia.org
2 G’olib instituti 2005 yil 14-Mart https://ghalibinstitute.org
3 Gujarat universiteti 2019 yil 26-Noyabr https://www.gujaratuniversity.ac.in
Gujarat universiteti

(Qo’shma ta’im dasturi)

2020 yil 20-Iyul https://www.gujaratuniversity.ac.in
4 Dehli universiteti 2006 yil 25-Aprel http://www.du.ac.in
5 Jamia Millia Islamiya universiteti 2019 yil 28-Noyabr https://www.jmi.ac.in
6 Mavlono Ozod milliy urdu universiteti 2019 yil 24-May http://manuu.edu.in
ERON

32623

1 Sa’diy fondi 2018 yil 24-Dekabr https://saadifoundation.ir/fa
2 Alloma Tabotaboiy universiteti 2020 yil 31-Oktabr https://en.atu.ac.ir
YAPONIYA

245555

1 Aichi prefekturasi universiteti 2019 yil 8-Iyul https://www.aichi-pu.ac.jp
2 Vaseda universiteti 2016 yil 27-Oktabr https://www.waseda.jp
3 Kansay universiteti 2019 yil 9-Dekabr http://www.kansai-u.ac.jp
4 Kioto chet tillari universiteti 2017 yil 13-Noyabr https://www.kufs.ac.jp
5 Sofiya universiteti 2016 yil 18-Noyabr https://www.sofia.edu
6 Tokio chet tillar universiteti 1997 yil 20-Avgust http://www.tufs.ac.jp
7 Toyo universiteti 2010 yil 22-Noyabr https://www.toyo.ac.jp
8 Tsukuba universiteti 2005 yil 6-Sentabr http://www.tsukuba.ac.jp
9 Hosey universiteti 1996 yil 1-Avgust https://www.hosei.ac.jp
10 Fukuoka prefekturasi Ta’lim masalalari bo’yicha tatdiqot instituti 1994 yil 26-Sentabr http://www.fukuoka-pu.ac.jp
11 Fukuoka xotin-qizlar universiteti 2009 yil 6-Iyul http://www.fwu.ac.jp

Izoh: davlatlar alfavit tartibida keltirilgan.

21.11.2020, 13:20 23515