TDSHUda “Uchinchi renessans poydevorini qo‘yishda filologik tadqiqotlarning nazariy va amaliy ahamiyati” nomli I xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi
2024-yilning 30-mart kuni “Uchinchi renessans poydevorini qo‘yishda filologik tadqiqotlarning nazariy va amaliy ahamiyati” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.
Anjumanda O‘zbekistonning bir nechta oliy ta’lim rektorlari, shuningdek Turkiyaning Bartin Universitetidan, Istanbul Universitetidan, Firat Universitetidan, Xitoyning Pekin chet tillar universitetidan, Rossiyan davlat universitetidan, Qozog‘iston Milliy san’at akademiyasidan, Qozog‘iston respublikasi Janubiy Qozog‘iston Muxtor Avezov universitetidan hamda Qoraqalpog‘iston davlat universitetidan tilshunos olimlar o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Xalqaro anjumanga 10 ga yaqin xorijiy, 50 ta respublikadan ortik maqolalar kelib tushdi va to‘plam holida chop etildi. Xalqaro anjuman “Tilshunoslik va til metodika masalalari”, “Adabiyotshunoslik va tarjima masalalari” deb nomlangan ikki sho‘baga bo‘lingan holda, bo‘lib o‘tdi.