Pandemiya – magistrlik dissertatsiya himoyasiga to‘sqinlik qila olmaydi!
Joriy yilning boshida o‘quv jarayoni va magistrlik dissertatsiyalar himoyasi onlayn rejimda bo‘lishini hatto tasavvur qilish ham qiyin edi. Mart oyida boshlangan COVID-19 pandemiyasi butun o‘quv jarayonini jadallashgan tarzda onlayn shakliga o‘tishiga turtki bo‘ldi. Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida 2020-yilning 2-iyunida magistrlik himoyalari ilk bor onlayn tarzda o’tkazildi. Mazkur universitetning talabasi sifatida onlayn tarzdagi himoyalanuvchi “birinchi qaldirg‘ochlar”dan biri bo‘lish men uchun sharaf bo‘ldi.
2014-yilda men Toshkent davlat sharqshunoslik institutining bakalavriat bosqichi “Xorijiy mamlakatlar iqtisodi va mamlakatshunoslik” ta’lim yo‘nalishi talabasi bo‘lishga muvaffaq bo‘ldim. 2017-2018 o‘quv yilida o‘qishdagi yutuqlarim, fakultet va institut hayotidagi faol ishtirokim uchun Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasining sovrindori bo‘ldim. 2018-yilda bakalavriat bosqichini a’lo baholar bilan bitirib, magistraturada o‘qishimni davom ettirdim. Va aynan ushbu bizning o‘quv dargohimiz uchun muhim bo‘lgan yilda, ya’ni institutimiz universitet maqomiga ega bo‘lgan yilda, men o‘z uyimda o‘tirib ilmiy rahbarim bilan hamkorlikda ikki yildan ziyod mehnat qilib tayyorlagan magistirlik dissertatsiyamni himoya qildim, hamda TDShU doktorant yoki mustaqil tadqiqotchi sifatida o‘z ilmiy-tadqiqot ishimni davom ettirishimga berilgan tavsiyadan behad xursand bo‘ldim. Albatta, birinchi navbatda, TDSHU rektori Gulchehra Shavkatovna Rixsiyeva, barcha professor-o‘qituvchilarni yuqori kasbiy mahorati, bizga bergan bilim va singdirgan ko‘nikmalari uchun o‘z minnatdochiligimni bildirmoqchiman.
Magisterlik dissertatsiya himoya jarayoni, ilmiy muxokamasi va ovoz berish jarayoni barcha me’yoriy talablarga rioya qilgan holda o‘tkazilganini alohida ta’kidlamoqchiman.
Jasur Niyazaliyev,
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti magistranti