Xitoyning Lanjou universiteti bilan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi O‘zbek-Xitoy Konfutsiy institutini rivojlantirishga oid onlayn suhbat o‘tkazildi.
Bugun, 29-iyun sanasida Xitoyning Lanjou universiteti bilan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi O‘zbek-Xitoy Konfutsiy institutini rivojlantirishga oid onlayn suhbat o‘tkazildi.
Unda universitet rektori G. Rixsiyeva o‘z taklif-mulohazalari bilan onlayn ma’ruza qildi.
Onlayn suhbatda xitoy tilining o‘qitishni ommalashtirishda Konfutsiy institutida yangi metodikalardan foydalanish, xitoy tilini bilish darajasini belgilovchi xalqaro HSK sertifikati uchun o‘qitish va boshqa masalalar bo‘yicha fikr almashilindi.