2023- yilning 8- fevral sanasida TDSHUga Turkiya Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Jemalettin Tuney tashrif buyurdi.
Uchrashuv chog’ida, O‘zbekistondagi vakolat muddati o‘z yakuniga yetayotgani munosabati bilan universitetga tashrif buyurgan Jemalettin Tuney hamda TDSHU rahbariyati o‘tgan davr mobaynida hamkorlikda amalga oshirilgan har ikki taraf uchun manfaatli bo‘lgan loyihalar hamda bajarilgan ishlarni yuqori baholab, o‘zaro minnatdorchilik bildirdilar. Kelgusida hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.