Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

5 muhim tashabbus

5 MUHIM TASHABBUSNI JORIY ETISH YO‘LIDA

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni keng joriy etish yo‘nalishida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar 

1-tashabbus. Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarish bo‘yicha:
Universitet talaba-yoshlarini tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘zbek, sharq va g‘arb adabiyotiga, milliy san’atning turli yo‘nalishlariga keng jalb etish, Universitetda rassomlik, musiqa, xorijiy til va adabiyot to‘garaklarini tashkil qilish, ularning faoliyati uchun to‘garaklar o‘tkaziladigan xonalarni jihozlash va inventarlar bilan ta’minlash.
Har bir o‘quv yilida 2 marotaba “Talabalar festivali”ni tashkil etish.
Universitetda “Yil talabasi” “Talabalar teatr tudiyasi”,”Quvnoqlar va zukkolar” tanlovlarini o‘tkazish.
Talabalarning iqtidor va qobiliyatlarini yuzaga chiqarish maqsadida “World skils International”tizimi bo‘yicha kasblarning yosh vakillari milliy chempionatini o‘tkazish.
Aktyorlik va boshlovchilik mahoratiga ega talabalardan iborat sharqshunos-talabalarning “Sharq yulduzi” teatr-studiyasi ishini yo‘lga qo‘yish
“Talant shou” – ijodiy ifoda qobiliyatini rivojlantirish, o‘z-o‘ziga ishonch, fikr-mulohaza va tajriba, motivatsiya kabi qobiliyatlarni rivojlantirish uchun to‘gridan to‘gri ro‘yxatdan o‘tish asosida tashkil etish.
Qo‘shiq va soz chaluvchi hamda raqsga qiziquvchi talabalardan iborat sharqshunos-talabalarning “Sanduvoch” ansamblini tashkil etish.
Universitetda mutaxassis tayorlanadigan sharq mamlakatlari kesimida har bir mamlakatga tegishli dunyo tan olgan moddiy, madaniy, yozma yodgorliklarga bag‘ishlangan  “Sharq durdonalari” festivalini o‘tkazish.
Sharq xalqlarining og‘zaki ijodi, milliy kiyimlari, urf-odatlariga yo‘naltirilgan “Sharq xalqlari folklori” festivalini o‘tkazish.
Talaba-yoshlarda kasbiy etika va nutq odobi ko‘nikmalarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan “Men notiqman” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish,
Yurtimiz tarixi va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ulari bilan yo‘g‘rilgan “Ulug‘lar izidan” mavzuidagi ma’rifiy suhbatlar va shu nomdagi videoroliklar tanlovini o‘tkazish.

 

2-tashabbus. Yoshlarni jismoniy va sport sohasidao‘z qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish bo‘yicha:
Universitet talaba-yoshlarini jismonan chiniqtirish, ularni sog‘lom shaxs sifatida kamol toptirish, barcha talabalarning qiziqishlarini inobatga olgan holda, to‘liq sport inventarlari bilan ta’minlangan sport to‘garaklariga biriktirish. Talabalar o‘rtasida ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish, sportning futbol, voleybol, basketbol, shaxmat, yengil atletika va stol tennisi bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalarini tashkil etish hamda respublika miqyosida talaba-yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan musobaqalarga tayyorgarlik ishlarini olib borish.
“Sport-salomatlik garovi” shiori ostida yosh o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etish.
Universitetda fitness zallarini ochish, aerobika va sheyping sport turlarini ommalashtirish choralarini ko‘rish, Stol tennisi sport turini ommalashtirish uchun sharoitlar yaratish.
“Kubik-Rubik” musobaqasini o‘tkazish.
Universitet va talabalar turar joyida o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida fakultetlararo spartakiada o‘tkazish.

 

3- tashabbus. Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari  va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha:
Universitet talaba-yoshlarida axborot tahlili madaniyatini shakllantirish. Universitetda qo‘shimcha Wi-Fi zonalarini tashkil etish hamda talabalar turar joylarini Internet jahon axborot tarmog‘i bilan to‘liq qamrab olish.
Kompyuter texnologiyalari bo‘yicha talabalar o‘rtasida “Blogerlar”, “Yosh ixtirochilar”, “Klipmeykerlar” tanlovlarini tashkil etish.
Universitetdagi yangiliklar, uchrashuvlar, muammolar bilan bog‘liq tahliliy maqolalar va sharqshunos-ijokorlarning asarlarini berib borish maqsadida elektron hamda bosma ko‘rinishdagi “Sharqdan xabarlar” gazetasi va telegram kanalini tashkil etish.
Universitetning Matbuot xizmati ishini jonlantirish “PR markaz” virtual klubini tashkil etish.
Universitet talabalari o‘rtasida internet madaniyati va Axborot xavfsizligi bo‘yicha bilimlarini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar tashkil etish.
Universitet blogerlari o‘rtasida “Sharqdan xabarlar” kanalida chempionat o‘tkazish
Universitetning “Sharq sadosi” internet radiosini tashkil etish.

 

4-tashabbus. Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish,ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha:
Universitet talaba-yoshlarida ona-Vatanga muhabbat uning taqdiriga daxldorlik, fidoyilik hissini badiiy adabiyotlar orqali qaror toptirish va axborot-resurs markazi kitob fondini yangi adabiyotlar bilan boyitish, tadbirkorlarni jalb etib, fakultetlarda “Book-safe”lar tashkil etish.
Universitet talabalari o‘qiyotgan guruhlar o‘rtasida   “Eng faol kitobxon guruh” tanlovini o‘tkazish.
Universitet talabalari o‘rtasida kitobxonlik targ‘ibotiga yo‘naltirilgan “Eng yaxshi insho” tanlovini o‘tkazish.
Universitet professor-o‘qituvchilari va talabalarining “Qadrdon mahallamga va maktabimga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasini tashkil qilish.
Turli yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan sharqshunoslik sohasining yetakchilari bilan “Dovruqli sharqshunoslardan saboqlar” mazuida suhbatlar, ma’rifiy muloqotlar tashkil etish.
Universitet  o‘zbek guruhlari uchun rus va ingliz tillarida,boshqa tilli guruhlarda o‘zbek tilida so‘zlashshni o‘rgadigan “Reading club” faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
Universitet talabalari o‘rtasida zakovat bilimdonlar bellashuvi doirasida “ Tafakkur sinovlari” tanlovini o‘tkazib borish.
Universitet talabalari o‘rtasida “Kitobxon talaba” ko‘rik tanlovini o‘tkazish.
Universitetning “Nur sharqdandir” deb nomlangan kitob o‘qishni targ‘ib etuvchi maxsus telegram kanalini ochish
Taniqli ijodkorlarning asarlariga bag‘ishlangan “Kitobingizni o‘qidim” aksiyasini o‘tkazish.
“Kitobxonlar bellashuvi” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish
Mumtoz yozma merosimizni o‘rganishga qaratilgan “G‘azalxon yoshligim” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish
“Zukko kitobxon” viktorinasini o‘tkazish
Badiiy ijod va tarjima faoliyati bilan shug‘ullanadigan ilmi toliblarning boshini bir yerga qovushtirishga yo‘naltirilgan O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Alining“Mangu bitig” adabiy ustaxonasini tashkil etish.
Universitet talaba-yoshlari uchun “Eng yaxshi kitobxon” stipendiyasi joriy etish.
Universitet talaba-yoshlari uchun  “Ogahiy nomidagi rektor stipendiyasi” joriy etish.

 

5-tashabbus. Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha:
Yoshlar, ayniqsa, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni amaliy kasb egasi sifatida tarbiyalash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish, talabalarning doimiy yashash hududidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini o‘rganish va ushbu bo‘sh ish o‘rinlariga bitiruvchi talabalarni jalb etib, bandligini ta’minlash tizimini yo‘lga qo‘yish.
Universitet talaba qizlarini darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarida psixologlar ishtirokida “Kasb sirlari” mavzusida treninglar, davra suhbatlari, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish, kasb-hunarga o‘rgatib borish bo‘yicha Universitetva talabalar turar joyi hududlarida tikuvchilik to‘garagi faoliyatini tashkil etish.
Universitet yotoqxonasida tikuvchilik,pazandachilik, kashtado‘zlik va boshqa kurslarni tashkil etish va ularga talaba-qizlarni jalb  etish.
Universitet psixologi va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida yoshlar va talba-qizlarlarning psixologik muammolariga qaratilgan “Ruhiyat ozig‘i” telegramm kanalini ishga tushirish
Universitet psixologi va Xotin-qizlar tashkiloti hamkorlikda “Quloqqa aytiladigan gaplar” yo‘nalishida uchrashuvlar tashkil etish

 

ARXIV

04.11.2024, 17:36 20172