Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

8 – dekabr O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi kuni

06.12.2018, 12:45 Yangiliklar 3177

2018-yilning 5-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati fakultetida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiya qabul qilinganining 26-yilligi munosabati bilan tadbir uyushtirildi. Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti “Davlat va huquq nazariyasi va tarixi” kafedrasi o’qituvchisi  Muxamedov Xaydarali Meliyevich “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidemokratik huquqiy davlat poydevori” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruza davomida bosh qomusimizning davlat va jamiyat boshqaruvi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, iqtisodiyotni isloh qilish, umuman har jabhadagi o’zgarishlar, islohotlarni amalga oshirishdagi, shuningdek,  huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini qurishdagi roli haqida so’z yuritildi.

Tadbir davomida “Konstitutsiya bilimdoni” viktorinasi o’tkazilib, unda XMIM yo’nalishi 1-bosqich yapon-ingliz guruhi talabasi Bahromov Muhammadali hamda Jahon siyosati yo’nalishi 3-bosqich ingliz-pushtu guruhi talabasi Jo’rayev Sardor g’olib bo’ldi. G’oliblarga esdalik sovg’alari berildi va Jo’rayev Sardor o’zining Konstitutsiyamizga bag’ishlangan she’ri bilan chiqish qilib, barchaning ko’nglidan joy oldi.

Ma’ruza yakunlangach “Jahon siyosati va xalqaro munosabatlar” kafedrasi mudiri D.Sayfullayev  mehmonga tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, bu kabi tadbirlarning o’tkazilishi talabalarning bilimi va dunyo qarashini o’stirishga katta yordam berishini ta’kidladi.

2ce9c0c59d3844400b62a f1e5fb653a7a956ed5ce4

36e70bba093999e110b29 b1b9b76e17235fdb968cb 133d3c6d443e59457b3c1

c733d89dcf1ca83eb90ab 187f15a758af43c1265d7