Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va etnologiyasi kafedrasi

 Алимова Р.Р. ALIMOVA RAHIMA RUSKULOVNA
Ilmiy darajasi va unvoni: Tarix fanlari nomzodi, dotsent
Lavozimi: Kafedra mudiri
Qabul vaqtlari: Har kuni (14:00-16:00)
Tel.: +99890 806 11 66
E-mail:  r.alimova@gmail.ru

Kafedra tarixi

1991-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tashkil topishi bilan bir paytda uning tarkibida Markaziy Osiyo xalqlari tarixi kafedrasi ham tuzilgan. Mazkur kafedra nomi 2017 yildan Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi, 2020 yildan Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va etnologiyasi kafedrasiga oz‘gartirildi. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekiston uzluksiz ta’limning Davlat ta’lim standartlari (Oliy ta’limning DTS)ga muvofiq “5220200 – Tarix (mamalakatlar va mintaqalar bo‘yicha) yo‘nalishiga muvofiq bakalavrning tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo‘yiladigan talablar” va “5220200 (Hozir- 60220300 –  Tarix (Markaziy Osiyo mamlakatlari boyicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi 5A220204 (Hozir 70220303 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha) va 2020-2021 o‘quv yilidan 5A121401– (hozir70230501) – Etnografiya, etnologiya va antropologiya raqamli mutaxassislik bo‘yicha magistrlarning tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablar” asosida Markaziy Osiyo xalqlari va mintaqaning umumiy tarixi, davlatchilik tarixi, tarixiy geografiyasi, tarixiy manbashunoslik va tarixshunoslik, diniy dunyoqarash tizimlari, ijtimoiy – siyosiy rivojlanish bosqichlari, moddiy va ma’naviy madaniyati, etnik-ijtimoiy va etno-madaniy munosabatlar bo‘yicha o‘quv fanlari o‘qitiladi. Shuningdek, kafedra qoshida tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqotlar metodi va metodologiyasi muammolariga tegishli fanlar bo‘yicha magistratura ta’lim bosqichi tashkil etilgan. 70230501 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya nomli magistratura mutaxassisligiga etnologiya, ijtimoiy antropologiya, antropologik va etnologik tadqiqot usullari, tarixiy  va zamonaviy etnomadaniy jarayonlar bo‘yicha ta’lim  beriladi. O‘tgan yillar davomida kafedrani quyidagi mutaxassislar boshqarib kelgan:

1991 – 1998 yillarda  t.f.d., prof. G‘. Ahmadjonov

1998 – 2012 yillarda t.f.d., prof. M.M.Is’hoqov

2012 – 2013 yillarda  t.f.n. Sh.Saidov

2013 – 2014 yillarda t.f.n. X.T. Fayziev

2014 – 2015 yillarda t.f.n. R.R. Alimova

2015 – 2017 yillarda t.f.n. I.M.Haydarov

2017-yildan t.f.n. R.R. Alimova rahbarlik qilmoqda

1998-yilga qadar “O‘zbekiston tarixi” fanini o‘qitish, kafedra faoliyatida yetakchi o‘rin tutib kelgan. 1998-2019 yillar mobaynida Markaziy Osiyo tarixiy-geografik mintaqasi doirasini o‘qitish yo‘lga qo‘yildi, fanlar takomillashtirildi. Chunonchi, Sharqiy Turkiston, Tibet, Oltoy-Yettisuv, Dashti Qipchoq tarixlarini o‘qitish joriy qilindi.

Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va etnologiyasi kafedrasi Markaziy Osiyo davlatlarining oliy o‘quv yurtlari orasida, maqsad va vazifalariga ko‘ra, yagona hisoblanadi. Talabalar asosiy Sharq tillari, G‘arb tillaridan birini bilish asosida tarixiy manbashunoslik va tarixshunoslik hamda etnografiya, etnologiya va antropologiya ixtisosligiga ega bo‘ladilar.

Kafedrada quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida talabalarga tahsil beriladi.

  • 60220300 –  Tarix (Sharq mammlakatlari  va mintaqalari boyicha (Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi

Kafedra quyidagi magistratura mutaxassisliklari talabalarga tahsil beriladi.

  •  70220303  Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha)
  • 70230501 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya

Kafedrada bakalavriat va magistratura mutaxassisligi talabalariga quyidagi fanlar o‘qitiladi.

Bakalavriat yo‘nalishi:

  1. O‘zbekistonning yangi tarixi
  2. Arxivshunoslik
  3. Markaziy Osiyo xalqlari tarixi
  4. Markaziy Osiyo xalqlari etnologiyasi
  5. Markaziy Osiyo tarixiy geografiyasi
  6. Yordamchi tarixiy fanlar
  7. Tarixiy tadqiqot asoslari
  8. Tarixiy manbalarni o‘qish va talqin etish
  9. Tarix fanini o‘qitishning zamonaviy usullari
  10. Markaziy Osiyo xalqlari manbashunosligi va tarixshunosligi
  11. Sharqshunoslikka kirish
  12. Markaziy Osiyo va jahon sivilizatsiyasi (tanlov fan)
  13. Markaziy Osiyo diplomatiyasi tarixi (tanlov fan)
  14. Markaziy Osiyo madaniyati tarixi (tanlov fan)
  15. Markaziy Osiyoda ijtimoyi-siyosiy ta’limotlar tarixi (tanlov fan)
  16. Buyuk ipak yo‘li: tarix va hozirgi zamon (tanlov fan)
  17. Markaziy Osiyoda ijtimoiy-siyosiy ta’limotlar tarixi (tanlov fan)

Magistratura mutaxassisliklari:

70220303 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha)

  1. Mutaxassislikning nazariy masalalari
  2. Tarixiy tadqiqotlar metodologiyasi va zamonaviy usullari
  3. Manbashunoslik amaliyoti
  4. Markaziy Osiyo zamonaviy tarixshunosligi konsepsiyalari
  5. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi
  6. Markaziy Osiyo xalqlari ijtimoiy antropologiyasi
  7. Tarixiy diplomatika
  8. Qo‘lyozmalarni o‘qish va tahlil qilish amaliyoti
  9. Markaziy Osiyo tarixi qiyosiy manbashunoslik germenevtikasi
  10. Markaziy Osiyoda nomad madaniyati genezisi va taraqqiyoti (tanlov fan)
  11. Tarix falsafasi (tanlov fan)
  12. Tarix falsafasi (tanlov fan)
  13. Markaziy Osiyo xalqlari etnologiyasi tarixshunosligi (tanlov fan)
  14. So‘nggi o‘rta asrlarda Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi munosabatlari (tanlov fan)
  15. Temuriylar davri tarixshunosligi (tanlov fan)
  16. Ilk o‘rta asrlarda Markaziy Osiyodagi etno-madaniy jarayonlar tarixshunosligi (tanlov fan)

70230501 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya

  1. Tarixiy tadkikot metodologiyasi va zamonaviy usullari
  2. Xorijiy Sharq mamlakatlari etnologiyasi tarixi
  3. O‘rganilayotgan mamlakatda zamonaviy etnomadaniy jarayonlar
  4. Antropologik va etnologik tadqiqot usullari
  5. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi
  6. O‘rganilayotgan mintaqa (mamlakat) xalqlari etnologiyasi zamonaviy muammolari (tanlov fan)
  7. O‘rganilayotgan mintaqa (mamlakat) xalqlari identikligi: an’anaviy va zamonaviy qarashlar (tanlov fan)
  8. O‘rta asrlarda Markaziy Osiyodagi etno-madaniy jarayonlar (tanlov fan)
  9. Ilk O‘rta asrlarda Markaziy Osiyodagi etno-madaniy jarayonlar (tanlov fan)
  10. Etnologiyada dala tadqiqotlarni olib borish usullari (tanlov fan)

Kafedra professor-o‘qituvchilari  haqida ma’lumot:

  1. Doniyorov Alisher Xudoyberdiyevich – tarix fanlari doktori, professor – doniyorov_alisher@mail.ru
  2. Alimova Raxima Ruskulovna – tarix fanlari nomzodi – r.alimova@gmail.ru
  3. Xaydarov Izzatilla Maxmutalievich – izzatillakhon@gmail.com
  4. Madraimov Askariy Abdumajidovich – askari.madraimov@bk.ru
  5. Odilov Bobir Axmadjon o‘g‘li – odilov1984@bk.ru
  6. Askarov Mirzohid Maxammadjon o‘g‘li – asqarovmirzoxid@mail.ru
  7. Saidov Shavkat Jumaboevich – shavkatsaidov63@gmail.com
  8. Fayziev Xurshid Turgunovich – tarix fanlari nomzodi – xurshid.fayziyev.77@mail.ru
  9. Bekmuradov Sandjar Tursunmamatovich – o‘qituvchi – stb.com@mail.ru
  10. Karimov Nodir Rahmonqulovich – Karimovnodir@mail.ru
  11. Xudaynazarov Iso Baysoatovich – o‘qituvchi – isobek@inbox.ru
  12. Turdixojayeva Mahliyo Mukimxoja qizi – turdixujayevamakhliyo@gmail.com
  13. Salimov Samandar Saydullo o‘g‘li samandarsalimov@mail.ru

Kafedraning hamkor tashkilotlari

  1. O‘z R VM huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi
  2. O‘zFA Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti
  3. O‘zR FA Tarix instituti
  4. O‘zR FA San’atshunoslik instituti
  5. O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi
  6. O‘zR FA O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi
  7. O‘zbekiston Milliy arxivi
  8. TDShI Yunusobod akademik litseyi

Kafedra professor-o‘qituvchilarining nashrlari

  1. Alimova R.R.
  2. Alimova R.R. Markaziy Osiyo xalqlari tarixi (So’nggi o’rta asrlarda O’rta Osiyo xonliklarining tashqi iqtisodiy aloqalari). O’quv qo’llanma. Toshkent. 2009.
  3. Alimova R.R. Rossiya mustamlakachiligi Turkiston mahalliy manbalarida. O’quv qo’llanma. Toshkent. 2009.
  4. Alimova R.R. Markaziy Osiyoda Dashti Qipchoq. Toshkent. 2011.
  5. Alimova R.R. Markaziy Osiyo davlatlari mustaqillik davrida. Toshkent. 2011.
  6. Alimova R.R. Markaziy Osiyo zalqlari tarixi (o‘rta asrlar). O‘quv qo‘llanma. – T.: ToshDShI, 2013.
  7. Alimova R.R. O’rta Osiyo xokliklarining qo’shni davlatlar bilan diplomatik va savdo-iqtisodiy munosabatlari (XVI-XX asr boshlari rus tarixshunosligi va manbalari asosida). Monografiya. 2017.
  8. Alimova R.R. Is’hoqov M.M., Alimova R.R. Arxivshinoslik. O’quv qo’llanma. Toshkent. 2017.
Yordamchi tarixiy fanlar. – T., 2019.
  1. Doniyorov A.X.
  1. Doniyorov A.X. Etnograficheskie issledovanie v Uzbekistane v XX veke. Uchebnoe Posobie. – T.: Yangi asr avlodi, 2005.
  2. Doniyorov A.X. O’zbekiston etnografiyasi tarixshunosligi ocherki (XIX asr 30-yillari). O’quv qo’llanma. – T.: TDShI. 2005.
  3. Doniyorov A.X. Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi O’zbekiston etnografiyasi fanida. O’quv qo’llanma. – T.: TDShI. 2007.
  4. Doniyorov A.X. Markaziy Osiyo xalqlari etnografiyasi, etnogenezi va etnik tarixi. O’quv qo’llanma. – T.: TDShI. 2009.
  5. Doniyorov A.X. Markaziy Osiyo xalqlari etnografiyasi, etnogenezi va etnik tarixi fanidan ta’lim texnologiyasi. O’quv qo’llanma. – T.: Yangi nashr. 2010.
  6. Doniyorov A.X. Markaziy Osiyo xalqlari tarixi. O’quv-uslubiy majmua. – T.: TDShI. 2011.
  7. Doniyorov A.X. Sivilizatsiyalar tarixi fanidan o’quv uslubiy majmua. – T.: TDShI. 2013.
  8. Doniyorov A.X. Markaziy Osiyo xalqlari etnografiyasi, etnogenezi va etnik tarixi. O’quv qo’llanma. – T.: TDShI. 2014.
  9. Doniyorov A.X. Markaziy Osiyo xalqlari tarixshunosligi. Darslik. – T.: 2020.
  10. Doniyorov A.X. Markaziy Osiyo xalqlari etnologiyasi. Darslik. – T.: 2020.

 

  1. Bekmuradov S.T.
  1. Etnodemografiya / O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: “TDShI”, 2019.
  2. O‘zbekiston tarixi fanidan seminar mashg‘ulotlarini interaktiv metodlar asosida olib borish. / O‘quv-uslubiy qo‘llanma. – Toshkent: “TDShI”, 2019.

 

      4. Haydarov I.M.

  1. O’zbekistonda iqtisodiy kengashlar faoliyati (1917-1943 yillar). Uslubiy qo‘llanma. – T.: “Gold print nashr”, 2019.
  2. O’zbekiston sanoatining Sovet Ittifoqi Yaona xalq xo‘jaligi kompleksidagi o‘rni (1945-1991 yillar). T. 2019.

 

  1. Saidov Sh.J.
  1. Jaloliddin Manguberdi. – T., 2000.
  2. Xiva xonligining ag’darilishi: yangi qarash. – T., 2006.
  3. Xorazmshohlar Anushteginiylar davlatining yuksalishi va halokati. – T., 2008.
  4. XXSR ning tashqi munosabatlari va savdo aloqalari (1917-1924 yy).
  5. XIX-XX asrning birinchi choragidagi Xorazm – Rossiya munosabatlari. Monografiya. – T., 2019.

 

  1. Xudoynazarov I.
  1. Is’hoqov M.M. Xudoynazarov I. Yordamchi tarixiy fanlar. T., 2019.

 

Kafedraning ilmiy yo‘nalishi

  •  “Markaziy Osiyo xalqlari tarixi, tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari”:
  • O’zbekiston etnologiyasi tarixshunosligi
  •  O’rta Osiyo xonliklarining Sharq mamlakatlari bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalari tarixshunosligi
  • O’zbekiston sanoatining Sovet Ittifoqi yagona xalq xo’jaligi kompleksidagi o’rni (1945-1991  yy.)

Kafedraning ilmiy loyihalari

  1. “Markaziy Osiyo xalqlari tarixi”
  2. “Markaziy Osiyo xalqlari etnografiyasi, etnogenezi va etnik tarixi”
  3. “Tarixiy tadqiqot usullari”

Kafedraning ilmiy tadqiqot markazi

  1. “Markaziy Osiyo xalqlari tarixi, manbashunosligi va tarixiy geografik tadqiqotlar ilmiy markazi”

Kafedra talabalari soni –189 ta.

A). Bakalavr bosqichidagi talabalar: 167 ta

  1. 1-bosqich talabalari soni – 23 ta
  2. 2-bosqich talabalari soni – 38 ta
  3. 3-bosqich talabalari soni – 49 ta
  4. 4-bosqich talabalari soni – 29 ta

B). Magistratura bosqichidagi talabalar: 32 ta

  1. 1-bosqich magistrantlari soni – 16 ta

2-bosqich magistrantlari soni – 16 ta

Kafedra hayotidan fotolavhalar

 

haydarov

haydarov1

haydarov44

haydrov2

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.

05.11.2021, 18:28 13878

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: