Sharq mamlakatlari siyosati va xalqaro munosabatlar kafedrasi
![]() |
Madaminova Durdona Iskandarovna | |
Ilmiy darajasi va unvoni: | Siyosiy fanlar nomzodi | |
Lavozimi: | Kafedra mudiri | |
Qabul vaqtlari: | Chorshanba (10:00-12:00) | |
Tel.: | +99899 817-34-81 | |
E-mail: | d_madaminova@mail.ru |
Kafedra tarixi
1991-yili Toshkent davlat sharqshunoslik instituti o‘z faoliyatini boshlashi bilan “Jahon siyosati ” kafedrasi ham o‘z ishini boshladi. “Xalqaro munosabatlar” nomi bilan, keyinchalik 1998 yili kafedraga yangi “Siyosatshunoslik va huquq” mutahassisliklari qo‘shilishi munosabati bilan va kafedra “Xalqaro munosabatlar, siyosatshunoslik va huquq” deb nomlandi.
2008-yil kafedra “Xalqaro munosabatlar” va “Siyosatshunoslik” kafedralariga bo‘lindi. 2010-yilda esa, yangi yo‘nalish ochilishi munosabati bilan mazkur yo‘nalishlar “Jahon siyosati” kafedrasiga birlashtirildi. 2013-yildan boshlab kafedra “Jahon siyosati va xalqaro munosabatlar ” kafedrasi deb nomlandi. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Kengashining 2020 yil 15 maydagi 1-sonli majlis qaroriga muvofiq kafedra nomi “Sharq mamlakatlari siyosati va xalqaro munosabatlar”ga o‘zgartirildi. Hozirgi paytda bakalavr bosqichida “Jahon siyosati” va “Siyosatshunoslik” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha magistratura bosqichida “Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati” mutahassisligi bo‘yicha faoliyat olib borilmoqda.
Kafedra bakalavriat ta’lim yo‘nalishi:
60310700 – Siyosatshunoslik bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari mutaxassislikka oid matnlarni o‘qish, tarjima va tahlil qilish, mutaxassislikka oid atamalarni yig‘ish, tasniflash va izohlash; mutaxassislikka oid siyosiy-ijtimoiy va tarixiy manbalarni o‘rganish va referatlash, asosiy chet tilida nashr qilingan asosiy darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, hozirgi zamon izohli lug‘atlari va boshqa nashrlar bilan tanishish, ularni tahlil qilish va baholash, shuningdek, jahon miqyosida O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati va xalqaro munosabatlardagi o‘rni bilan bog‘liq bo‘lgan siyosiy jarayonlarni tadqiq qilish, O‘zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatidagi tutgan munosib mavqeyini yanada mustahkamlash va himoya qilish sohasidagi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Kafedra magistratura mutaxassisligi:
70310802 – Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati mutaxassisligi talabalarida mutaxassislikka oid ijtimoiy-siyosiy manbalarni o‘rganish va referatlar tayyorlash, asosiy chet tilida nashr qilingan asosiy darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari bilan tanishish, ularni tahlil qilish va baholash, shuningdek, zamonaviy xalqaro munosabatlarda hamda jahon siyosatida O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati va xalqaro munosabatlardagi o‘rni bilan bog‘liq bo‘lgan siyosiy jarayonlarni tadqiq qilish, O‘zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatidagi tutgan munosib o‘rni va rolini yanada mustahkamlash va himoya qilish sohasidagi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
Bakalavriat yo‘nalishi :
- Siyosatshunoslik
- Sharqshunoslikka kirish
- O‘rganilayotgan mintaqa mamlakatlari siyosiy tarixi
- O‘rganilayotgan mintaqa mamlakatlarida siyosiy ta’limotlar tarixi
- Xalqaro munosabatlar nazariyasi
- O‘zbekiston geosiyosati
- Diplomatik xizmat, protokol va etiket
- O‘rganilayotgan mintaqa mamlakatlari xalqaro munosabatlari
- Tili o‘rganilayotgan mamlakatdagi siyosiy-ijtimoiy vaziyat
- Jahon siyosati
- Siyosiy tahlil
- Siyosat va din
- Siyosiy texnologiyalar va menejment
- Geosiyosat
- Sharq mamlakatlari xalqaro munosabatlar
- Jahon siyosatida axborot texnologiyalar va tahliliy faoliyat
- Xalqaro tashkilotlar va global boshqaruv
- Xorijiy sharq mamlakatlarida xavfsizlik muammolari va mojarolar
- Ilmiy tadqiqot asoslari
Magistratura mutaxassisligi:
- Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
- Zamonaviy xalqaro munosabatlarning metodologik aspektlari
- Xalqaro munosabatlarda siyosiy texnologiyalar
- Tizimli tahlil
- Nizolarni hal etish usullari
- Xalqaro tizimlarda O‘zbekiston manfaatlari
- O‘rganilayotgan mintaqa mamlakatlari xalqaro munosabatlari
- Mutaxassislikning nazariy masalalari
- Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi
- Sharq mamlakatlarida xavfsizlik muammolari
- Diplomatik va konsullik xizmati huquqi
- Zamonaviy xalqaro munosabatlarning mintaqaviy jihatlari
- Xalqaro munosabatlarda energetika omili
- Jahon siyosatida islom omili
Kafedra professor-o‘qituvchilari:
- Madaminova Durdona Iskandarovna – Siyosiy fanlar nomzodi. dotsent
- Yovqochev Shuxrat Akmalovich -Siyosiy fanlar doktori, professor
- Jo‘rayev Sayfiddin Axmatovich -Siyosiy fanlar doktori, professor
- Qosimova Nazokat Anvarovna -Siyosiy fanlar doktori, professor
- Jumayev Rustam Ziyatovich-Siyosiy fanlar doktori, professor
- Saidolimov Saidxon Tal’at o’g’li – Siyosiy fanlar doktori, professor
- Muhammadsiddiqov Muhammadolim Muhammadroziq o’g’li- Siyosiy fanlar doktori, professor
- Sirojev Oybek Ochilovich – Siyosiy fanlar doktori, professor
- Sayfullayev Durbek Baxtiyorovich – DSc., dotsent
- Usmonov Sardor Urayimjonovich – DSc
- Mo’ydinov Dilshod Najmiddinovich – PhD
- Nazarov Alisher Narimanovich – PhD
- Bo‘ronov Suhrob Muhammadovich – PhD
- Mustapova Hilola Islamovna – Katta o‘qituvchi
- Biturayev Uktamjon Bazarbayevich – Katta o‘qituvchi
- Azimov Habibullo Yakobovich – o‘qituvchi
- Mamadjonov Adhamjon Baxtiyorjon o’g’li – o‘qituvchi
- Achilov Azlarhon Bositxon o’g’li – o‘qituvchi
Kafedraning hamkor tashkilotlari
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qoshidagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasi
- O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi
- “Adolat” Sotsial Demokratik Partiyasi
- O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi
- “Milliy tiklanish” Sotsial Demokratik Partiyasi
- “Yuksalish” umummilliy harakati
- “Taraqqiyot strategiyasi” markazi
- O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
- Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
- Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti
Kafedraning xalqaro hamkorligi
- Qozon davlat federal universiteti
- Sankt-Peterburg universiteti
Kafedra professor-o’qituvchilarining nashrlari
- Yovqochev Sh.A Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari 2008 y
- Ёвқочев Ш.А. Исламский фактор в политической системе современного Египта. 2008 г.
- Yovqochev Sh.A. Islom va hozirgi zamon 2011 y.
- Ёвқочев Ш.А Ислам и политика 2010 й.
- Yovqochev Sh.A Markaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy-siyosiy va diniy harakatlari tarixi 2011 y.
- Yovqochev Sh.A Siyosat va din 2011 y
- Yovqochev Sh.A. Jahon siyosatida islom omili. 2016 y.
- Jumaev R.Z., Ubaydullaev U.A., Xujanov B.N. Konfliktologiya asoslari. 2000 y.
- Jumaev R.Z. Konfliktologiya. 2018 y.
- Jumaev R.Z., Yovqochev Sh.A. Siyosiy texnologiyalar. 2018 y.
- Jo‘raev S.A. Zamonaviy xalqaro munosabatlar. 2007 y.
- Jo‘raev S.A. Xalqaro munosabatlar va xalqaro tashkilotlar. 2008 y
- Қосимова Н.А. Иностранная помощь.2013 г.
- Biturayev U.B. Siyosatshunoslikka kirish. 2017 y.
- Sayfullaev D. B. Xorijiy davlatlar diplomatik xizmati. 2018 y.
- Sayfullaev D.B. O‘zbekiston Respublikasi diplomatiyasining shakllanishi va rivojlanishi tarixi (1991-2016). 2018 y.Madaminova D.I. Jahon siyosati. 2020 y.
- Jo‘rayev S.A. Tizimli tahlil asoslari. 2020 y.
- Jo‘rayev S.A. Grigoriy Glizon. Tizimli tahlil. 2021 y.
- Jumayev R.Z., Madaminova D.I., Mustapova X.I., Suyunova B.S. Siyosiy tahlil. 2020 y.
- Nazarov A., Madaminova D.I., Mustapova X.I., Mamadjonov.A.B Saylov va saylov texnologiyalari
- Madaminova D.I. Xalqaro tashkilotlar nazariyasi va amaliyoti. 2020 y.
- Madaminova D.I. Azimov.H.Y. Xalqaro xavfsizlik. 2021 y.
- Bo’ronov S.B. Afg’onistonda tinchlik va barqarorlik o’rnatish jarayonlarida O’zbekiston geosiyosati. 2021 y.
- Bo’ronov S.B. O’zbekiston geosiyosati. 2021 y.
- Mustapova H. Sharq mamlakatlari xalqaro munosabatlari. 2020 y.
Kafedra hayotidan foto lavhalar
If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: