Sharq mamlakatlari tarixi va antropologiyasi kafedrasi
Kafedra tarixi
Sharq mamlakatlari tarixi va antropologiyasi kafedrasi Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti tarkibiga kiradi. Kafedrada “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” g‘oyalari asosida mutaxassis kadrlar tayyorlashning yangi tizimlarini joriy etish, kadrlar malakasini dunyo standartlari darajasiga yetkazish, xalqaro ilmiy hamjamiyat bilan muntazam o‘quv va ilmiy muloqot o‘rnatish hamda tajriba almashish, xususan, dunyo mamlakatlari tarixi, madaniyati, siyosati sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish va chuqurlashtirish borasida faoliyat olib boriladi.
Kafedra talabalarga tanlangan mutaxassisliklar bo‘yicha Sharq mamlakatlarining tarixi, ijtimoiy-siyosiy tizimi, davlat tuzumi, dini, tarixiy geografiyasi, tarixiy manbashunosligidan mukammal bilim berish maqsadida tashkil etilgan. Sharq mamlakatlari tarixi va xozirgi zamon muammolari kafedrasi dastlab 1946 yilda Sharq mamlakatlari tarixi nomi bilan tashkil etilgan. Kafedra faoliyati davomida ko‘plab respublikamizda va xorijda taniqli sharqshunos-olimlar, ilm va fan arboblari yetishib chiqdi. Xususan, akademiklar – N.Baratov, B.Ahmedov, A.Muhammadjonov, professorlar – T.G‘iyosov, M.Boboxo‘jaev, M.Nishonov, M.Kutina, A.Xo‘jaev, T.Sattarov, A.Hasanov, S.Inog‘omov, Z.Munavvarov, R.Qodirov, R.Qosimov shular jumlasidan.
Hozirda kafedrada 2 nafar fan doktori, professor, 7 nafar fan nomzodi, dotsent, 2 nafar fan nomzodi, katta o‘qituvchi, 1 nafar katta o’qituvchi va 6 nafar stajyor-o’qituvchi o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning o‘rtacha ilmiy-pedagogik ish staji 18 yilni tashkil etadi.
Kafedrada ilmiy tadqiqot ishlari Sharq mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi tarixi yo‘nalishlarida olib boriladi. Ushbu ilmiy tadqiqotlarning natijalari monografiyalar, ilmiy risolalar, darslik va o‘quv qo‘llanmalar tarzida chop etilib, tarixchi-mutaxassislar, talabalar e’tiboriga havola qilinmoqda.
Kafedraning o‘qituvchilari va izlanuvchilari doktorlik dissertatsiyalarini tayyorlash yo‘lida faol ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqda hamda ilmiy izlanuvchilik faoliyati doirasida doktorlik dissertatsiyalarini tayyorlamoqdalar.
Kafedra bakalavriat ta’lim yo‘nalishi:
5120300 – Tarix (Sharq mamlakatlari va mintaqalari bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
Kafedra magistratura mutaxassisligi:
5A120302 – Tarix (yo‘nalishlar va mamlakatlar bo‘yicha)
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
Bakalavriat yo‘nalishi:
- Jahon tarixi
- Mamlakatshunoslik
- O‘rganilayotgan mamlakat tarixi
- Arxeologiya
- Tarixshunoslik va manbashunoslik
- Tarixiy tadqiqot asoslari
- Sharq mamlakatlari etnografiyasi, etnogenez va etnik tarixi
- O‘rganilayotgan mintaqa tarixi manbashunosligi va tarixshunosligi
- Sharq mamlakatlari madaniyati tarixi
Magistratura mutaxassisligi:
- Hozirgi Sharq mamlakatlari taraqqiyoti xususiyatlari
- Mutaxassislikning nazariy masalalari
- Sharq xalqlari ijtimoiy antropologiyasi
- Tarixiy tadqiqotlarning metodologiyasi va zamonaviy usullari
- Sharq mamlakatlari taraqqiyoti tarixining tizimli tahlili
- O‘zbekistonning sharq mamlakatlari bilan munosabatlaru tarixi
Kafedra professor-o‘qituvchilari:
- Xaydarov A.A – siyosiy fanlar doktori, professor
- Shodmanova S.B. – tarix fanlari doktori, professor
- Azimov K.S. – tarix fanlari nomzodi, katta o’qituvchi
- Xudoyberdiyev A.X. – tarix fanlari nomzodi, dotsent
- Tursunova S.M. – tarix fanlari nomzodi, katta o’qituvchi
- Abdullayev U.A. – tarix fanlari nomzodi, dotsent
- Abdullayev N.A. – siyosiy fanlar nomzodi, dotsent
- Shamsiyeva I.M. – tarix fanlari nomzodi, dotsent
- Jumaniyozova F. – tarix fanlari nomzodi, dotsent
- Tog’ayeva A. – tarix fanlari nomzodi, dotsent
- Mahmudov O.A – tarix fanlari nomzodi, dotsent
- Ikromov Sh.I. – o‘qituvchi
- Petrosova O.N. – katta o‘qituvchi
- Narimonov D. – stajyor-o’qituvchi
- Fayzullayev A.H – stajyor-o’qituvchi
- Ishanova G. – stajyor-o’qituvchi
- Elmurodova D. E – stajyor-o’qituvchi
- Xudoybedrdiyev I.I – stajyor-o’qituvchi
Kafedraning hamkor tashkilotlari
- O‘zFA Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik universitet
- O‘zR FA Tarix instituti
- O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi
- O‘zR FA O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi
- O‘zbekiston Milliy Universiteti
- Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qoshidagi Sharq tillari litseyi
Kafedra professor-o‘qituvchilarining nashrlari
- Азимов К.С. Ближний Восток: конфликты за землю, за воду, за веру. ХХ век.// Монография. – Т.: 2020. – 220;
- Shamsiyeva va b.Интерактивные методы обучения история Узбекистана.// O‘quv uslubiy qo‘llanma. T.: 2019. – 173 b.
- B.Shodmanova. Tarixiy tadqiqotlarning zamonaviy usullari va metodologiyasi.// Darslik. T.:2019 (qayta nashr). – 220 b.
- А.М.Маннонов, Н.А.Абдуллаев ва б. Афғонистон тарихи. Ўқув қўлланма. Т.: 2018. 334 б.
- Abdullaev va b. Eron tarixi. O‘quv qo‘llanma. T.: 2017. 410 b.
- Abdullaev va b. Turkiya tarixi. O‘quv qo‘llanma. T.: 2017. 380 b.
- Abdullaev va b. Arab davlatlari tarixi. O‘quv qo‘llanma. T.: 2017. 400 b.
- T.G‘.G‘iyosov, U.A.Abdullaev va b. Hindiston tarixi. O‘quv qo‘llanma. T.: 2016. 330 b.
- T.G‘.G‘iyosov, U.A.Abdullaev va b. Pokiston tarixi. O‘quv qo‘llanma. T.: 2016. 330 b.
Kafedraning ilmiy yo‘nalishi
- Sharq mamlakatlari tarixining zamonaviy muammolari
- Sharq mamlakatlari tarixshunosligi masalalari
- Sharq xalqlari antropologiyasi va madaniyat tarixi
- Sharq diplomatiyasi tarixi
Kafedraning ilmiy loyihalari
- O‘zbekiston tarixini masofaviy o’qitish uchun Smart kontentini yaratish
- Raqamli Jahon tarixi
If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: