BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARI bo‘yicha seminar
TDSHUda 17 ta Barqaror Rivojlanish Maqsadlarining yo‘nalishlari bo‘yicha universitet fakultetlari o‘qituvchilariga seminar tashkil qilindi. Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i N.Imamova 2022-yil 18-noyabr kuni Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik hamda Yaponshunoslik fakultetlari kafedra o‘qituvchilariga universitetning xalqaro reyting tashkilotlariga kirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar bo‘yicha seminar o‘tdi. Unda universitetning hozirgi kunda THE World University Ranking va QS World University Ranking reytingiga taqdim qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar, shuningdek, BMT ning BRM 17 doirasida qilinadigan ishlar haqida batafsil tushuntirish berildi. Seminar davomida universitet o‘qituvchilarida yuzaga kelgan savollarga javoblar berildi.