Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“BIR MAKON, BIR YO’L” VEBINAR XUSUSIDA

18.09.2020, 21:54 Yangiliklar 2374

FUDAN UNIVERSITETI TOMONIDAN TASHKIL ETILGAN “BIR MAKON, BIR YOL” VEBINAR XUSUSIDA

Хitoy tili va adabiyoti kafedrasi mudiri PhD, dotsent S.A.Nazarova

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-apreldagi “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–4680-son qaroridagi ta’lim sifatini oshirish, shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida o‘quv va ilmiy tadbirlarni tashkil etish, nufuzli xorijiy oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari ishtirokida muntazam ravishda onlayn kurslar, ma‘ruzalar va “master-klasslar” olib borish maqsadida Xitoy filologiyasi kafedra professor-o‘qituvchilari Fudan universiteti tomonidan tashkil etilgan xitoy tilidagi “Bir makon, bir yo‘l” vebinarda ishtirok etishdi.

Nufuzli xorijiy oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari ishtirokida ma’ruzalar va “mahorat darslari” da ta’lim sifatini oshirish, shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida o‘quv va ilmiy faoliyatni tashkil etish maqsadida kafedra professor-o‘qituvchilari xitoy tilidagi bir qator vebinarlarlarida qatnashdilar. Fudan universiteti tomonidan tashkil etilgan “Bir kamar, bitta yo‘l”.

Koordinator-professor Dji Janabel tomonidan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Xitoyshunoslik fakulteti dekani Ochilov Ozod nomiga Fudan universiteti bilan birgalikda Xitoy tilida “Bir makon, bir yo‘l” nomli vebinar doirasida o‘tkaziladigan “O’zbekiston Respublikasida xitoyshunoslikni rivojlantirish to‘g‘risida” mavzuida taqdimot qilgan bo‘lib, shuningdek, “Xitoy filologiyasi” kafedrasi mudiri Nazarova Sayyora nomiga moderator sifatida ishtirok etish uchun taklifnoma keldi.

Shuni ta’kidlash kerakki, “Fudan Universiteti” singari nufuzli universitet tomonidan tashkil etilgan vebinarida qatnashish biz uchun sharaf hisoblanadi, ushbu universitet Xitoy materikida uchinchi o‘rinni egallaydi, dunyoning eng nufuzli 50 universitetlar reytingiga kiradi va C9 ligasi universitetidir, bundan tashqari Universitas 21 a’zosi hisoblanadi.

 “Bir makon, bir yo‘l”  mavzusida o‘tkazilgan ma’ruzalar 9-13 sentabr kunlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu vebinar homiylari Buyuk Ipak Yo‘lining Xalqaro Birlashgan Antropologiya laboratoriyasi, Fudan Bir makon, bir yo‘l universitetining Global boshqaruv tadqiqotlari instituti, Ta’lim vazirligining zamonaviy antropologiya laboratoriyasi, Ali-Farobiy nomidagi Milliy universitet, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Bishkek gumanitar universiteti kabi tashkilotlar va assotsiatsiyalar hisoblanadi. Tashkilotchilarga Ta’lim vazirligining yetakchi zamonaviy antropologiya laboratoriyasi, Inson genetikasi va antropologiyasi departamenti, Fudan universiteti va CAEDU, Hayot fanlari maktabi, Qozog‘istonning Markaziy Osiyo ta’lim konsalting markaz kabilar kiradi, Fudan Universiteti Xalqaro tadqiqotlar instituti va Arxeologiya fanlari va texnologiyalari instituti, Fudan Universiteti madaniy yodgorliklar va muzeylar departamenti, Antropologiya va etnologiya instituti, Fudan universiteti Ijtimoiy rivojlanish va jamoat siyosati maktabi, Fudan universiteti tarix departamenti, Fudan universiteti tarixiy geografiya markazi, Fudan universiteti zamonaviy tilshunoslik instituti, Shanxay antropologiya jamiyati, Shanxay genetik jamiyati kabi tashkilotlar hamkor tashkilotchilar hisoblanadi.

Mavzular keng tinglovchilar uchun, xususan, Markaziy Osiyoda tarix, antropologiya, madaniyat, madaniyatlararo muloqot, ta’lim bilan bog‘liq masalalarni o‘rganayotgan olimlar, tadqiqotchilar, o‘qituvchilar, hamda talabalar uchun mo‘ljallangan edi. Ma’ruzachilar Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan mamlakatlari bo‘ylab olib borilgan tadqiqotlar va ekspeditsiyalarning yorqin taqdimotlari va videofilmlarini namoyish etdilar, bundan tashqari Qirg‘iziston Respublikasidagi Konfutsiy institutining faoliyati to‘g‘risida ham ma’lumotlar berildi.

Veb-seminar ma’ruzalari sermazmun va qiziqarli bo‘lib, xitoylik olimlarning tarixiy Ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan muhim davlatlardan biri sifatida O‘zbekiston madaniyati va tarixiga katta qiziqishi borligi haqida o‘z ma‘ruzalarida bayon etdilar. Chjao Fengning “Markaziy Osiyoda ipak ishlab chiqarish texnologiyasi”, yoki professor Xou Yangfangning “Siz ko‘rmagan Ipak yo‘l: Tassavur va aniq hayot” kabi ma’ruzalarini yorqin namuna sifatida misol keltirishimiz mumkin.  Til, madaniyat va madaniyatlararo muloqotga bag‘ishlangan ma’ruzalar ham talaba va professor-o‘qituvchilarga manzur bo’ldi, masalan, professor Peng Zeng An “Til ortidagi madaniyat” nomli ma’ruzasida juda ko‘p misollaridan foydalangan holda madaniyatlararo aloqa muammolariga to‘xtaldi, xitoylik talabalar tilida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan madaniyatlararo tushunmovchilikni namoyish etdi. Shu bilan birga, janob Van Yuening “Guyshan tangalari va Xitoy madaniy almashinuvi” ma’ruzasi hamda Chjan Menggangning “Til va genetika qo‘shma evolyutsiyasi” ma’ruzasi til va genetika evolyutsiyasini har tomonlama o‘rganishga bag‘ishlangan edi.

Bunday vebinarlar tajriba va g‘oyalar almashish uchun  xalqaro platforma vazifasini o‘taydi, shuningdek, Xitoy va Markaziy Osiyo olimlari bilan tanishish imkoniyatini beradi deb hisoblaymiz. Shu kabi ko‘plab vebinarlarda qatnashish, tajriba va ma’lumot almashish uchun yanada ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘lamiz deb umid qilamiz. Bunday akademik va madaniy almashinuvlar ikki mamlakat, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi va XXR o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga yordam beradi.

“Bir makon, bir yo‘l” vebinari yakunida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Xitoy Xalq Respublikasining Fudan universiteti o‘rtasida universitetlararo hamkorlik qilish taklifi ilgari surildi.