Bugun 2023-yil 1-avgustidan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayonlarining test sinovlari boshlandi
Oliy ta’lim muassasalari test sinovlari o‘tkaziladigan katta sig‘imli binolarga biriktirildi va abituriyentlar va ota-onalarga ko‘maklashuvchi volontyorlar guruhlari shakllantirildi. Toshket davlat sharqshunoslik universiteti volontyorlari guruhi “Yoshlik” sport majmuasida faoliyat ko‘rsatishi belgilandi va bugun 1-avgustda guruh a’zolari o‘zlariga topshirilgan vazifalarni a’lo darajada bajardilar.
Volontyorlar abituriyentlarning ruxsatnomalarini chop etish, ota-onalarga kerakli tushuntirishlar berish, ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazish, abituriyentlarning shaxsiy buyumlari daxlsizligi va butligini ta’minlash va test sinovlari katta ekranli televizorga translyatsiya qilish va abituriyentlarni kuzatib qo‘yish kabi ishlar bilan shug‘ullandilar. Ertaga ushbu jarayon davom etadi. Test sinovlarida universitet rahbariyati, mas’ul xodimlari va Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi xodimlari ishtiroki haqida quyidagi tasvirlar diqqatingizga havola qilinadi.
Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkazilmoqda va jarayonlarni test2023.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish mumkin.