Bugun Toshkent davlat sharqshunoslik jamoasi uchun qutlug‘ kun
Bugun universitetimizning tug‘ilgan kuni.
Bundan roppa – rosa ikki yil muqaddam 2020- yil 16- aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4680-sonli “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori e’lon qilingan edi. Ana shu tarixiy qaror bilan oliy o‘quv yurtimizga universitet maqomi berilgan edi.
Tarixiy qarordan ko‘chirma:
Sharqshunoslik sohasida xalqaro standartlarga muvofiq kompleks bilimlarga ega malakali kadrlar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash, ilm-fanni jadal rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning salohiyati, pedagogik mahoratini uzluksiz oshirib borish, talaba-yoshlarni sharqona qadriyatlar asosida tarbiyalashni takomillashtirish maqsadida:
-
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti negizida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (keyingi o‘rinlarda — Universitet) tashkil etilsin.
Universitetimiz ushbu yuksak maqomga yetishish yo‘lida olis va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tdi. Bu tarixiy yo‘l to‘rt bosqichdan iborat:
-
1918- yil Turkiston sharqshunoslik insituti
-
1944- yil Sharq fakulteti
-
1991- yil Toshkent davlat sharqshunoslik instituti
-
2020- 16- aprel Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Bayram qutlug‘ bo‘lsin aziz kasbdoshlar!!!