Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Darslar sifati bo‘yicha talabalar so‘rovnomasi natijalari

23.12.2025, 10:24 Yangiliklar 98

Universitetda ma’naviy-axloqiy muhit, professor-o‘qituvchilarning o‘qitish sifati va pedagogik mahoratini o‘rganish maqsadida Ta’lim sifati nazorati bo‘limi tomonidan 2025-yil noyabr–dekabr oylarida, kuzgi semestr darslari bo‘yicha HEMIS PRO BOT platformasi orqali talabalar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi.

📌 So‘rovnoma jarayonida jami 376 nafar professor-o‘qituvchining faoliyati baholandi.

🔎 Baholash natijalari quyidagicha taqsimlandi:

100% — 147 nafar professor-o‘qituvchi
86–99% — 174 nafar
70–85% — 18 nafar
50–69% — 6 nafar
10–59% — 4 nafar
0% — 27 nafar ustozlar so‘rovnomada ishtirok etmagan.

🔝 E’tiborlisi shundaki, 147 nafar ustoz 100 foizlik natijani qo‘lga kiritgan. Shunga qaramay, eng ko‘p talabalar ovozini va ishtirok darajasini inobatga olgan holda, eng ko‘p ovoz to‘plagan TOP–10 professor-o‘qituvchi ro‘yxati shakllantirildi.

🏆 Talabalar ovoziga ko‘ra TOP–10 ustozlar:

1️⃣ SOBIROVA M. S. — Koreyashunoslik oliy maktabi
📍175 nafar talaba ovozi

2️⃣ NISHANBAYEVA A. I. — Eronshunoslik va afg‘onshunoslik oliy maktabi
📍 149 nafar talaba

3️⃣ TEMIROVA M. A. — Yaponshunoslik oliy maktabi
📍 126 nafar talaba

4️⃣ ALTINBOYEV N. A. — Turkshunoslik oliy maktabi
📍 100 nafar talaba

5️⃣ ZAKIROVA U. I. — Janubiy Osiyo tillari oliy maktabi
📍 90 nafar talaba

6️⃣ MAMURJONOVA G. R. — Yaponshunoslik oliy maktabi
📍 88 nafar talaba

7️⃣ SABIROVA Z. SH. — Turkshunoslik oliy maktabi
📍 85 nafar talaba

8️⃣ VALIYEVA N. A. — Xitoyshunoslik oliy maktabi
📍 69 nafar talaba

9️⃣ QURBONOV S. O‘. — Arabshunoslik oliy maktabi
📍 59 nafar talaba

1⃣KAYUMOVA M. M. — Turkshunoslik oliy maktabi
📍 58 nafar talaba

🎓Mazkur natijalar professor-o‘qituvchilarning ta’lim sifati, talaba bilan ishlash madaniyati va pedagogik mas’uliyatini yana bir bor tasdiqlaydi. Barcha ustozlarga ilmiy-pedagogik faoliyatida yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz!