(Uzbek) Bayramingiz qutlug’ bo’lsin, aziz ustozlar!
![](https://tsuos.uz/wp-content/uploads/2019/10/photo5228776603461463236-1024x1024.jpg)
Ustoz, muallim, murabbiy, o‘qituvchi. Siz doimo qalbimiz ardog‘ida, har bir boshlagan ishimiz avvalidasiz. Sizni uchratganligimiz, ta’lim-tarbiya olganimiz uchun chin dildan faxrlanamiz, minnatdorlikni his qilamiz. Mehnatingiz qadri, zahmatingiz mevasi bebaho.
⠀
Dunyoda kasblar ko‘p, hammasining davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun hissasi bor. Ammo ular orasida ustozu murabbiylikning ahamiyati beqiyos.
⠀
Alifbo sabog‘i, tarbiya, hayotiy muhim qadriyatlar, dunyo haqida bilgan va o‘rganganlarimizning barchasida Sizning hissangiz bor.
⠀
Shu sabab Sizni muqaddas, mo‘’tabar, muhtaram deya e’zozlaymiz.
⠀
1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni barchangizga muborak aziz ustozlar, muhtaram muallimlar!