“Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
9-dekabrda universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari hamda 75 nafar talaba-yoshlar ishtirokida “Korrupsiya qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti bo’limi boshlig’i, yuridik fanlar bo’yicha falsafa doktori Sh.Joldasova, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi dotsenti,siyosiy fanlar nomzodi R. Shakurov, universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Nazarov o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.