“Maʼrifatparvar ayollarning ibratli yo‘li” mavzusida maʼnaviy uchrashuv
O‘zbekiston respublikasi Bosh vaziri hamda O‘zbekiston respublikasi Senati raisi tomonidan tasdiqlangan “Xotin-qizlarni qo‘llab-qo‘vvatlash, ularning maʼnaviyati va madaniyatini yuksaltirish, ijtimoiy faolliklarini oshirish bo‘yicha Toshkent shahar tajribasini yaratish chora-tadbirlar rejasi” ijrosini taʼminlash yuzasidan 2022-yil 14-noyabr kuni Mirobod tumani hokimiyati tomonidan tashkil etilgan “Maʼrifatparvar ayollarning ibratli yo‘li” mavzusida maʼnaviy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda universitet Xotin-qizlar kengashi raisi Sh.Zaynutdinova hozirgi kunda davlatimiz tomonidan xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan eʼtibori haqidagi maʼruzasi bilan ishtirok etdi. Shuningdek ushbu tadbirda universitetning bir guruh talaba qizlari ham faol ishtirok etdilar.