Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Akademik hamkorlikni rivojlantirish

2024-yil 22-mart kuni TDSHU rektori G.Rixsiyeva Minzu universitetiga tashrif buyurdi hamda universitet Prezidenti prof. Guo Guangsheng bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilinib, TDSHU qoshida Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi ochishga kelishib olindi. Shuningdek, muzokaralar chog‘ida TDSHU olimlari tomonidan taklif etilayotgan Markaziy Osiyo va Xitoy o‘rtasidagi tarixiy aloqalar, turizm va iqtisodiyot mavzularidagi 3 ta ilmiy loyihani amalga oshirish ham muhokama qilindi. Talabalar akademik almashuv dasturi doirasida 7 nafar xitoylik talaba TDSHUda, 7 nafar TDSHU talabalari esa Minzu universitetida bir o‘quv yili davomida tahsil olishiga kelishib olindi.

Bundan tashqari, TDSHU rektori G.Rixsiyeva Minzu universitetida o‘zbek tilini o‘rganayotgan talabalar uchun maxsus ma’ruza qildi. Ma’ruza davomida talabalarga o‘zbek xalqining milliy qadriyatlaridan bo‘lmish Navro‘z bayrami va bahor an’analari haqida ma’lumot berib o‘tildi.

1 photo_2025-03-06_13-56-44

06.03.2025, 13:58 30