Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

KOREYASHUNOSLIK OLIY MAKTABI

YEON SANGEUM Yeon Sangheum
Ilmiy darajasi va unvoni: Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Lavozimi: Oliy maktab boshlig‘i
Qabul vaqtlari: Har kuni (14:00-16:00)
Tel.: +998 94 799-72-91
E-mail: sangheum_yeon@tsuos.uz

KOREYASHUNOSLIK OLIY MAKTABI

Koreyashunoslik oliy maktabida 2024-2025 o‘quv yilida 16 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Ulardan 2 nafari fan doktori, professor, 8 nafari PhD (4 nafari dotsent, 1 nafari dotsent v.b., 1 nafari katta o‘qituvchi), 2 nafar o‘qituvchi va 4 nafar stajor-o‘qituvchilardir. Oliy maktabda xorijlik 2ta PhD va 1ta o‘qituvchi asosiy shtatda faoliyat yuritmoqda. Oliy maktabning ilmiy salohiyati 59% ni tashkil etadi. Oliy maktabda 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (sharq tillari bo‘yicha), 70230101 – Lingvistika (sharq tillari bo‘yicha), 70230104 – Adabiyotshunoslik mutaxassisliklari mavjud. Oliy maktab talabalari qator xalqaro va nomdor davlat stipendiyalari, jumladan, Navoiy davlat stipendiyasi, Ogahiy nomidagi rektor stipendiyasi sovrindorlaridir. Yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalar koreys tili fan olimpiadasi bo‘yicha Respublika miqyosidagi tanlovda yuqori ko‘rsatkichlarni namoyon etishgan. Markaziy Osiyo va xalqaro miqyosida o‘tkazilgan insholar ko‘rik tanlovining faol ishtirokchilaridir. Koreyashunoslik oliy maktabi va Koreya Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomalariga ko‘ra, talabalarga ta’lim granti asosida xorijda tahsil olish imkoniyati yaratilgan.

Koreyashunoslik oliy maktabi tomonidan Urganch davlat universitetida  60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (sharq tillari bo‘yicha) filial tashkil etilgan. Har o‘quv yilida oliy maktab professor-o‘qituvchilari mazkur filialda tahsil olayotgan talabalarga mutaxassislik fanlaridan saboq berishmoqda. Shu bilan birga mahorat darslari ham o‘tkazilib kelinmoqda.

Koreyashunoslik_oliy_maktabi_uzb (1) Koreyashunoslik_oliy_maktabi_uzb (2) Koreyashunoslik_oliy_maktabi_uzb (3)

Koreyashunoslik oliy maktabi tadqiqotchilarining ilmiy ishlari

Tadqiqotchining F.I.Sh Tadqiqot ish mavzusi Ilmiy rahbar F.I.Sh

1

Kim Tatyana Sergeyevna Koreys ro‘znomalarining diskursda ta’sir qilish strategiyalari

f.f.d., prof.

N.D.Kim

2

Yunusova Gulshoda Dilshadovna Koreys tilidagi ko‘makchi fe’llarning ekvivalent ma’nolari va ularning badiiy matndagi vazifalari

f.f.d., prof.

N.D.Kim

3

 Hidoyatova Aziza Tal’at qizi Yan Kvi Janing hikoyachilik mahorati (tanpxonsosol misolida)

f.f.d., prof. U. T. Saydazimova

4 Karimov Nodirbek Shuhrat o‘g‘li Li Munyol qissa va hikoyalarining badiiyati

f.f.d., prof. U. T. Saydazimova

Oliy maktabning hamkor tashkilotlari

  • Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
  • O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
  • Urganch davlat universiteti
  • Samarqand davlat chet tillar instituti
  • Toshkent davlat iqtisodiyot va diplomatiya universiteti
  • Toshkent xalqaro Kimyo universiteti
  • TDShU qoshidagi Yunusobod akademik litseyi
  • Shayhontohur tumaniga qarashli 59-son ixtisoslashtirilgan maktab
  • Koreya Respublikasining Toshkentdagi koreys tili ta’lim markazi
  • Sejong instituti

Oliy maktabning xalqaro hamkorlari

  • Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)
  • Sungkyul universiteti
  • Seojeong universiteti
  • Kangnam universiteti
  • Chung-Ang universiteti
  • Kukmin universiteti
  • Hanshin universiteti
  • Chonbuk milliy universiteti
  • Gimcheon universiteti
  • Kyung Hee universiteti
  • Daejin universiteti
  • Pukyong milliy universiteti
  • Koreya Fondi
  • Kongju milliy universiteti
  • Hanyang universiteti
  • Sunchon milliy universiteti
  • Sun-Mun universiteti
  • Degu Haani universiteti
  • Keymyung universiteti
  • Hankuk chet tillar universiteti
  • Koreya xalqaro tatdiqotlar universiteti
  • Pusan chet tillari universiteti
  • Sangmyung universiteti
  • Handong global universiteti
  • Kyungdong universiteti
  • Dong-A universiteti
  • Kyungpuk milliy universiteti
  • Namseol universiteti
  • Koreyashunoslik akademiyasi “Koreya tadqiqotlari o‘quv-ilmiy markazi”

Oliy maktabning faoliyati boyicha fotolavhalar

28.10.2024, 15:33 744