Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Hamkorlik doirasida stajirovka

TDSHU va Eron Islom Respublikasining Tehron Universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik Memorandumiga asosan, 2022 yilning 8-iyulidan
5-avgustiga qadar TDSHU “Sharq mamlakatlari adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik” dotsenti,  f.f.d Turdiyeva Oydin hamda kafedra mudiri Hulkar Mirzahmedovalar Eron Islom Respublikasining Tehron Universitetida o‘z mutaxassisliklari doirasida stajirovka o’tab qaytdilar.

Ushbu stajirovka davomida TDSHU va Tehron universiteti o‘rtasida imzolangan memorandumga muvofiq, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda tadqiqotchilar almashinuvi bo‘yicha kelishuv amalga oshirildi. Turdiyeva Oydinga “History of teaching Persian Literature at Tashkent State University of Oriental studies” ma’ruzasi uchun  Tehron universitetining sertifikati topshirildi.

photo_2023-08-10_11-46-59 photo_2023-08-10_11-47-04

10.08.2023, 11:49 570