Koreyada “O’zbek tili. Standart darslik. B1 daraja” kitobi nashr etildi
Hankuk chet tillar universiteti (Koreya)da TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva, Hankuk universiteti professorlari Аziza Mashrabbekova hamda Lee Jieon bilan hamkorlikda tayyorlangan “O’zbek tili. Standart darslik. B1 daraja” kitobi nashr etildi.
Mazkur darslik koreys talabalari uchun tayyorlangan bo’lib, xorijliklar uchun o’zbek tilini bilish B1 Xalqaro darajasini o’zlashtirishga mo’ljallangan.
Kursning uslubiy modeli xorijiy til o’qituvchilariga yaxshi ma’lum bo’lgan ongli amaliy usul asosida ishlab chiqilgan.Shuningdek, darslik har tomonlama samarali bo’lishi uchun koreys va o’zbek madaniyati, mentaliteti, grammatikasi, adabiy leksika va og’zaki nutq shakllari borasidagi nisbiylik saqlab qolingan.