Sharqshunos tahlilchilar siyosat maydonida
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida ta’lim muassasalaridagi siyosiy tahlil, maslahat va texnologiyalar bilimdonlari o‘rtasida “Siyosat maydoni” tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovda Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida xalqaro munosabatlar, siyosatshunoslik va jurnalistika yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etdi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, tanlovda ushbu yo‘nalishda tahsil olayotgan jami 6 ta universitet talabalari Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining “Sharqshunos tahlilchilar” jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi va g‘olib jamoaning bir nafar a’zosiga universitet “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan shartnoma puli to‘lab beriladigan bo‘ldi.
https://t.me/mtrkuzofficial/183758