TDSHUda qayta tayyorlash kurslari
2024-yilning 6-yanvar sanasi kuni Koreys filologiyasi kafedrasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 16-apreldagi PQ-4680-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 25-son, Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-fevraldagi “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 25-son qarorlari, Koreya Respublikasi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi bilan 2023-yil 3-iyulda imzolangan shartnoma asosida tashkil etilgan qayta tayyorlash kursi tinglovchilarining bitiruv malakaviy ish himoyasi bo‘lib o‘tdi. Koreys filologiyasi kafedrasi tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi qayta tayyorlash kurslari O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha barcha professor-o‘qituvchilarni malakasini oshirish hamda qayta tayyorlashga xizmat qilibgina qolmasdan, ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.