TDSHUda “MARKAZIY VA JANUBIY OSIYO: MADANIYATLARARO MULOQOT CHORRAHASIDA” O‘zekistonda hindshunloslikning 75 yilligiga bag‘ishlangan Xalqaro ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “MARKAZIY VA JANUBIY OSIYO:
MADANIYATLARARO MULOQOT CHORRAHASIDA” O‘zekistonda hindshunloslikning 75 yilligiga
bag‘ishlangan Xalqaro ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Unda Hindiston Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabhat janoblari, Hindiston, Pokiston, Niderlandiya, Singapur, Mavrikiya, Xitoy, Misr, Shvetsiya, Shri-Lanka, Rossiya, Ozarbayjon, Qozog’iston kabi xorijiy davlatlardan olimlar va sohaning etuk vakillari ishtirok etdi.
Anjumanda O‘zbekiston-Hindiston diplomatik aloqalari tarixi va rivoji, mazkur hamkorlikning kelajakdagi istiqbollari, siyosiy, iqtisodiy, ilm-fan sohalaridagi muhim masalalar muhokama qilindi. Toshkent davlat sharqshunoslik universitining Janubiy va janubi-sharqiy Osiyo tillari kafedrasining 75 yillik yubiley tadbiri doirasida tashkil etilgan mazkur anjuman ikki davlat tarixiy aloqalarining mustahkam ildizlarini yosh avlodga etkazib berib, uni kelajakda mustahkamlashga xizmat qiladi.