Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Giyohvandlik – asr vabosi, undan yoshlarimizni asraylik!”

13.12.2017, 13:38 Yangiliklar 4454

Giyohvand moddalar tarqalishining oldini olish bo‘yicha mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini talaba-yoshlarga yanada chuqurroq tushuntirish va targ‘ib qilish maqsadida 2017-yil 13-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutidaGiyohvandlik – asr vabosi, undan yoshlarimizni asraylik!” mavzusiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Mirobod tuman IIB JQB Giyoxvand moddalar bilan ishlash va uni oldini olish bo‘yicha tezkor vakili F.Raximov, Ibn-Sino salomatlik markazi direktori G.Usmonova, Oliy ta’lim vazirligi ishchi guruhidan T.Qodirov  hamda institut professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda Giyohvand moddalarni iste’mol qilgan insonlarning ayanchli ahvoli oqibatlari misollar asosida tushuntirib o‘tildi hamda unga qarshi kurashishda yoshlarning ham o‘rni beqiyosligi ta’kidlab o‘tildi. Tadbir qizg‘in bahs-munozara tarzida o‘tib, talaba-yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javoblar olishdi.

Tadbir so‘ngida Giyohvandlikning salbiy oqibatlariga bag‘ishlangan “Oq ajal” nomli film namoyish etildi.

photo_2017-12-14_13-40-43 photo_2017-12-14_13-40-47