Hamkorlik davom etadi
2018-yilning 23-noyabr kuni TDSHI “Tarix va falsafa fakulteti” dekan muovini Narimonov Diyorbek va fakultet Yoshlat ittifoqi BT yetakchi Jabborov Muhriddin boshchiligida faollardan iborat guruh Zangiota tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida 8-9-10 sinflar o’quvchilari bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligiga bag‘ishlangan “Konstitutsiya – taraqqiyotning mustahkam huquqiy poydevori” mavzusida suhbat o‘tkazildi Shuningdek, sharqshunoslik sohasiga qiziqqan o’quvchilar uchun sharq tillari va madaniyatlari haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.
Ma’lumot uchun Zangiota tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabida hozirgi kunda 465 nafar, uning filialida esa 115 nafar o’quvchi ta’lim oladi.
Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi