Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

“InnoWeek–2026” xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligida TDŞU jamoasi ham faol iştirok etmoqda

27.10.2026, 12:55 Yangiliklar 38

Ta’lim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlaniş agentligi tomonidan “Özgarayotgan dunyo uçun innovatsiyalar” şiori ostida taşkil etilgan “InnoWeek–2026” — xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi rasman oçildi.

Uç kun davomida ilm-fan yutuqlari, zamonaviy texnologiyalar, istiqbolli işlanmalar va yangi biznes ğoyalar namoyiş etilib, mahalliy hamda xorijiy hamkorlar örtasida tajriba almaşiş va yangi loyihalarni yölga qöyiş uçun imkoniyatlar yaratiladi.

Haftalikning oçiliş marosimida universitet rektori, professor S.A.Nasirova, universitet ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar boşqarmasi rahbari L.Törayev, Ğarb tillari kafedrasi mudiri S.Saidakbarova ham iştirok etdi. “InnoWeek–2026”da vazirlik va idoralar rahbarlari, xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari vakillari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari va ilmiy tadqiqot taskilotlari rahbarlari, xalqaro hamda mahalliy ilmiy markazlar olimlari, texnologik soha ekspertlari, startap ekotizimi vakillari, yoş innovatorlar, ixtiroçilar, tadbirkorlar hamda investorlar iştirok etdi.